Axmedova Dilafro‘z Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘riqlari profilaktikasida girudoterapiyadan foydalanish algoritmini takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2111.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Turuspekova Saule Tleubergenovna, professor
(Qozog‘iston); Azizova Ra’no Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Toshkent tibbiyot akademiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘riqlarini tashxislashda va kompleks davolashda uning patogeneziga bog‘liq ravishda yangicha yondashuv orqali surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘riqlarida girudoterapiya usulining natijasini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘ida klinik, neyrofiziologik va neyrovizual tekshiruv natijalariga asoslangan surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i rivojlanishining klinik-ob’ektiv xususiyatlari aniqlangan;
zo‘riqishdagi bosh og‘riqlarini tashxislashda neyropsixologik so‘rovnomalar, neyrofiziologik tekshiruvlar samarasi asoslangan;
O‘zbekistonda ilk bora birlamchi bosh og‘riqlari surunkali shakllarida girudoterapiya akupunktur nuqtalarga qo‘llanilgan holda an’anaviy davo bilan qiyosiy natijaviyligi asoslangan;
surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘ida klinik, psixoemotsional, elektroensefalografik natijalarga asoslangan kompleks davolash usuli (girudoterapiya va amitriptilin, ibuprofen, midokalm)ning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i kasalligi mavjud bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrovizual tekshiruvlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tatbiq qilish materiallari ishlab chiqilgan;
surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i kasalligi mavjud bemorlarda kasallikning istalgan bosqichida girudoterapiya qo‘llanilishidan olingan ilmiy natijalar asosida «Surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i va migrenda girudoterapiya usulining qo‘llanilishida terapevtik yondashuvining o‘ziga xosligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/909-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi bemorlarda girudoterapiya qo‘llanilishining klinik ahamiyatini ochib berish imkonini bergan;
surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i kasalligi mavjud bemorlarda vegetativ buzilishlarni aniqlash uchun olingan ilmiy natijalar asosida «Surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i va migrenda vegetativ buzilishlarning aniqlanishi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/910-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi bemorlarda vegetativ buzilishlarni erta aniqlash imkonini bergan;
surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i kasalligi mavjud bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrofiziologik va neyrovizualogik tekshiruvlarning korrelyasion tahlili hamda davolashda girudoterapiyaning qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro tuman tibbiyot bo‘limi, Buxoro viloyat Vobkent tuman tibbiyot bo‘limi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/379-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i kasalligi mavjud bemorlarda vegetativ va oliy nerv faoliyati buzilishlarini erta tashxislash va davolash muddatlarini qisqartirish, profilaktik yordam sifatini oshirish, mazkur kasalliklarni davolashda girudoterapiyadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda kasallik asoratlarining oldini olish imkonini bergan.