Yusupov Azamat Alijonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik jarayonlar parametrlari (sath)ni o‘lchovchi intellektual mikroprotsessorli tizimlar», 05.03.01 – «Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1145.
Ilmiy raxbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor.
Jumaev Odil Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuq va sochiluvchan materiallar uchun intellektual ul`tratovushli mikroprotsessorli sath o‘lchagichlarni qurish tamoyillari, usullari va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noteks yuzalardan aks etgan akustik to‘lqinlarni va akustik maydonlar tarqalishining shakllanish qonuniyatlarini hisobiy tahlil usuli asoslab berilgan;
nazorat qilinadigan suyuq muhit yuzasida tovush to‘lqinlarining sochilishini hisobga oluvchi suyuq mahsulotlar sathini o‘lchash va nazorat qilish intellektual qurilmasi ishlab chiqilgan;
gorizontal va qiya silindrik rezervuarlarda tubining turli shakllarini hisobga oluvchi lazer-masofa o‘lchagich yordamida sathni o‘lchashga asoslangan suyuq mahsulot (yoqilg‘i moyi) hajmi va massasini o‘lchash usullari ishlab chiqilgan;
bunkerda yuklash teshigi yaqiniga o‘rnatilgan lazer-masofa o‘lchagichni qo‘llashga va sochiluvchan material (don mahsuloti)ning to‘kilish yuzasi noteskiligini hisobga olishga asoslangan sochiluvchan material (don mahsuloti) hajmini yuqori aniqlikda aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik jarayonlarda sathni o‘lchovchi intellektual mikroprotsessorli tizimini qurishda olingan ilmiy natijalar asosida:
nazorat qilinadigan suyuq muhit yuzasida ultratovush to‘lqinlarining sochilishini hisobga olgan holda sathni o‘lchash va nazorat qilish intellektual qurilmasi yordamida mazut yoqilg‘isining sathini o‘lchash «ASAKA YoG‘» AJda joriy qilingan («Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2021 yil 22 oktyabrdagi KS/3-966-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazut yoqilg‘isining sathini o‘lchash orqali uning hajmi va massasini aniqlashning real vaqt rejimida doimiy nazorat qilish imkonini bergan;
suyuq moddalar sathini o‘lchovchi intellektual mikroprotsessorli sath o‘lchagich qurilmasi orqali mazut yoqilg‘isining hajmini o‘lchash «ASAKA YoG‘» AJda joriy qilingan («Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2021 yil 22 oktyabrdagi KS/3-966-son ma’lumotnomasi). Natijada, gorizontal silindrik rezervuarni qiya holatda joylashganligiga qaramasdan mazut yoqilg‘isini sathini aniq o‘lchash orqali uning hajmini aniqlash imkonini bergan;
bunkerda sochiluvchan moddalarni sathini o‘lchashda intellektual mikroprotsessorli o‘lchagich «ASAKA YoG‘» AJda joriy qilingan («Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2021 yil 22 oktyabrdagi KS/3-966-son ma’lumotnomasi). Natijada, sath o‘lchagich orqali olingan ma’lumotlarga asosan qurilma mahsulot sirti notekisligini baholab, unga mos rejimni tanlash orqali bunkerdagi don mahsulotining hajmini yuqori aniqlikda aniqlash imkonini bergan.