Saitov Aziz Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi yo‘l uchastkalari nazorat qurilmalarini takomillashtirish”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2136
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazrilla Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; O‘roqov Olimjon Xikmatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al–Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi yo‘l uchastkalarning nazorat qurilmalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlashda signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka texnik yo‘roqnoma talablari asosida temir yo‘l uchastkalarini datchiklar yordamida nazorat qilish usuli takomillashtirilgan;
temir yo‘l uchastkalarida g‘ildirak juftligi o‘qlarini sanash asosida induktiv datchiklar va uning boshqaruv qurilmasi ishonchligini baholash uchun matematik modellar yordamida asoslangan;
harakat tarkibi g‘ildirak juftligi o‘qlarini sanash usuli asosida temir yo‘l uchastkalarida o‘z-o‘zini tashhislash tizimlarini qo‘llash uchun dasturiy ta’minotli mikroprotsessorli qurilmasi takomillashtirilgan;
signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka tizimlarini uzliksizligini ta’minlash asosida temir yo‘l uchastkalarida g‘ildirak juftligi o‘qlarini sanash va rel`s zanjirlari tizimlarini nazorat qilish uchun yagona boshqaruv qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l uchastkalarini bo‘sh-bandligini nazorat qilish uchun yaratilgan qurilmasiga asoslangan natijalar orqali:
yo‘l uchastkalarini nazorat qilish qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Sergeli” stansiyasiga ishlab chiqilgan yo‘l uchastkalarini nazorat qurilmasi o‘rnatilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 03 maydagi №01/1587-21 – son ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqotlarga asosan harakat tarkibi g‘ildirak juftligi o‘qlarini sanash qurilmasi uchun temir yo‘l uchastkalarini nazorat qilish algoritmini takomillashtirish orqali uchastkalardagi yotqizilgan kabellar uzunligi 50% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
stansiyalarda yo‘l uchastkasi nazorat qurilmasini induktivli va optik datchiklarning bir-biri bilan ulanish va moslashtiruvchi elektr sxemalari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Sergeli” stansiyasiga, temir yo‘l uchastkalarini holatini nazorat qilish qurilmasini takomillashtirish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 3 maydagi №01/1587-21 – son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida poezdlar harakati oraliq vaqt intervallarini kamaytirish, temir yo‘l uchastkalardagi poezd oqimini o‘tkazuvchanligi 1,2 baravar oshirishga erishilgan.