Teshaboev Abduvaxob Marifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qishloq xo‘jalik mashinalari apparatlarining kesuvchi segmentlarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1955.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘lmasov To‘lqin Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jalik mashinalari apparatlarini kesuvchi segmentlarining puxtalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sementatsiyalash va toblashning texnologik rejimlarining uglerodli kam legirlangan po‘latlarining struktura-faza holatiga ta’siri aniqlangan;
po‘latni sementatsiyalash va keyingi termik ishlov berish jarayonining issiqlik rejimlari ishlab chiqilgan;
po‘latni sementatsiyalash va toblash haroratining uning austenit donasi o‘lchamiga ta’siri aniqlangan;
sementatsiyalash va toblash haroratining po‘latning kristall tuzilishi nuqsoniyligi darajasiga ta’siri aniqlangan; 
yuqori haroratli sementatsiyalash jarayoni uchun qattiq karbyurizatorning tarkibi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jalik mashinalari apparatlarining kesuvchi segmentlarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mashinalarining yig‘ish appartlari segmentlarining qirralarini puxtalash texnologiyasi «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktor-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, yig‘ish appartlari segmentlarining bardoshliligini 2 -3 baravarga oshirish imkonini bergan;
sementatsiyalash jarayoni va keyingi termik ishlov berishning issiqlik rejimlari «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktor-texnologik markazi» MChJ da amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan rejim sementatsiyalash jarayonini toblash jarayoni bilan birlashtirish imkonini bergan holda puxtalashning texnologik siklini 2 soatga kamaytirish imkonini bergan;  
sementatsiyalash jarayoni uchun 80 % gaz qurumidan va 20 % bariy karbonatidan tashkil topgan karbyurizator «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktor-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuzadagi qattiqlikning 55 HRC dan 62 HRCgacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish