Alimkulova Komila Zokirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘p tarkibli immunomodulyator xususiyatiga ega o‘simlik kompozisiyasi va uning asosidagi dori vositasini standartlash», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Far23.
Ilmiy rahbar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tillaeva Gul`nora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Botirov Erkin Xojiakborovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi ko‘p tarkibli immunomodulyator ta’sirli o‘simlik yig‘masi va uning asosidagi dori vositasini standartlash tizimining nazariy va eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Flyukam» yangi ko‘p tarkibli o‘simlik yig‘masining asosiy biologik faol moddalar va ularning miqdori aniqlangan;
tavsiya etilayotgan ko‘p tarkibli o‘simlik yig‘masi asosida biologik faol qo‘shimcha va quruq ekstrakt dori vositasini standartlash usullari ishlab chiqilgan, chinligi va sifatiga oid me’zonlar aniqlangan;
quruq ekstrakt va biologik faol qo‘shimchaning sifat ko‘rsatkichlari halqaro standartlar talablariga mosligi isbotlangan;
yig‘ma asosida olingan o‘simlik vositalarining mo‘’tadil saqlash muddati va sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘p tarkibli immunomodulyator xususiyatiga ega o‘simlik kompozisiyasi va uning asosidagi dori vositasini standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Flyukam» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar (Ts 27245830-02: 2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 64-27245830-02:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «WORLD FARM BUSINESS» MChJda fil`tr-paket shaklidagi immunitetni kuchaytiruvchi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Flyukam» quruq ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning 2020 yil 25 noyabrdagi 29/01-521-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ushbu me’yoriy hujjatlar tasdiqlanishi immunomodulyator mahalliy dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Flyukam» quruq ekstraktining spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli immunomodulyator ta’sirli bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish