Sabitov Timur Yur`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Piskom daryosi havzasi atrof-muhitiga iqlim omillarning ta’sirini modellashtirish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Gr163.
Ilmiy rahbar: Petrov Maksim Anatol`evich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Adenbaev Baxtiyar Embergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent, Nazarov Abdugaffor Abdujabbarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Piskom daryosi havzasi iqlimiy ko‘rsatkichlari (havo harorati va atmosfera yog‘inlari) dinamikasini tahlil qilish va ularning daryo havzasi atrof-muhitiga ta’sirini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim ko‘rsatkichlarining muzliklar maydoniga, muzlik ko‘llari va muzlikoldi zona landshaftlarining shakllanishi, shuningdek xavfli tabiiy geografik jarayonlarning vujudga kelishiga ta’siri darajasi aniqlangan;
Barqroq muzligidagi avtomatik meteorologik stansiyadan olingan yog‘ingarchilik qiymatlari, energiya balansi modelini qo‘llab, Oygaing meteorologik stansiyasi ma’lumotlari asosida qayta tiklangan, Barqroq muzligidan erigan qor suvlari oqimi baholangan;
Piskom havzasining baland tog‘li hududida joylashgan ko‘llarni masofadan zondlash va GAT texnologiyalari asosida sel xavfi ehtimoliyligi modellashtirilgan va ehtimoliy xavflilik ko‘rsatkichlari kartasi yaratilgan;
muzlikoldi zona landshaftlaridagi o‘zgarishlarni masofadan zondlash va GAT yordamida baholash usuli ishlab chiqilgan hamda Piskom havzasidagi o‘simliklar qoplami zichligini dinamikasi ohirgi 30 yillik davr uchun aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Piskom daryosi havzasi atrof-muhitiga iqlimiy omillarning ta’sirini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Piskom daryosi havzasida suvning taqsimlanishiga iqlimiy omillarning ta’sir darajasini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi amaliyotida Piskom daryosining suv sarfini prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyul` 01-15/796-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskom daryosi yillik suv oqimi hajmini prognozlash natijalari sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Piskom daryosi havzasidagi Oygaing meteorologik stansiyasi va dala tadqiqotlari davomida Barqroq muzligida o‘lchangan yog‘inlarning korrelyasion bog‘lanishi asosida ishlab chiqilgan Barqroq muzligidan qor erishining modeli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi amaliyotida qor erishidan hosil bo‘ladigan oqim miqdorini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyul` 01-15/796-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model` Piskom havzasidagi qorning bahor oylarida erishidan hosil bo‘ladigan oqim miqdorini aniqlash imkonini bergan;
Piskom daryosi tog‘li hududida joylashgan ko‘llarni masofadan turib zondlash va GAT texnologiyalari asosida yaratilgan modeli, shuningdek ushbu ko‘llarning bir-biriga nisbatan joylashuvi va havf yaratish ehtimoli aks ettirilgan kartadan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi amaliyotida Piskom daryosidagi ko‘llarning monitoringini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyul` 01-15/796-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskom daryosi havzasidagi to‘g‘oni o‘pirilishi havfi ehtimoli yuqori bo‘lgan va shu tufayli alohida monitoring zarur bo‘lgan ko‘llarni aniqlash imkoniyatini bergan;
iqlim o‘zgarishi va muzliklar maydonining qisqarishi sababli muzlikoldi zonalaridagi o‘zgarishlarni GAT texnologiyalari va masofadan zondlash orqali baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi amaliyotida Piskom daryosi havzasida XX asrning oxiridan hozirgi kungacha o‘simliklar zichligida o‘zgarish sodir bo‘lgan hududlarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazinining 2021 yil 16 iyul` 01-15/796-son ma’lumotnomasi). Natijada, bunday yondoshuv Piskom daryosi oqimining yil davomida taqsimlanishini belgilaydigan omillardan biri bo‘lgan o‘simlik qoplamining zichligi kamayib borayotgan hududlarni aniqlash imkonini bergan.