Sabirova Gulchexra Asadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyoviy va fizik omillarning majmuaviy ta’sir qilishidan tok-sik gepatitning profilaktik uslublarini akomillashtirish» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1164.
Ilmiy rahbar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudaybergenov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tokio markaziy shifoxonasi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` va gaz qazib chiqarish sanoati ishchilarida kimyoviy va fizik omillarning majmuaviy ta’siridan toksik gepatitni erta tashxislash, oldini olish tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gigienik me’yorlarga mos kelmaydigan ishlab chiqarish muhitining kimyoviy va fizik omillari majmuasining zamonaviy neft` va gaz qazib chiqarish tarmoqlari ishchilarining ovqat hazm qilish organlari va jigar uchun xavfli ekanligini asoslangan;
jigarning molekulyar, hujayra, hujayralararo, to‘qima va organ darajalarida ishlab chiqarish muhitining kimyoviy va fizik omillari majmuasining biologik ta’siri isbotlangan;
neft` va gaz qazib chiqarish tarmoqlari ishchilarining organizmiga ishlab chiqarish muhitining kimyoviy va fizik omillari majmuasining ta’siridan toksik gepatitning dastlabki ko‘rinishini tashxislashning yangi usullari ishlab chiqilgan;
toksik gepatitni oldini olish va davolash samaradorligini oshirish uchun tajriba sharoitida yangi o‘simliklikdan tayyorlangan dori kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fizik va kimyoviy omillarini majmuaviy ta’sir qilishidan toksik gepatitning profilaktik uslublarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
toksik gepatitni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kimyoviy va fizik omillarning inson organizmiga kompleks ta’sirini erta tashhislash va oldini olish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 8n-z/306–son ma’lumotnomasi). Natijada neft` va gaz qazib chiqarish tarmoqlari ishchilarida kimyoviy va fizik omillar ta’siridan toksik gepatitni erta tashxislash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
fizik va kimyoviy omillarini majmuaviy ta’sir qilishidan toksik gepatitning profilaktik uslublarni takomillashtirish asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Farg‘ona jamoat salomatlik tibbiyot instituti shifoxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 08-09/17405–son ma’lumotnomasi). Natijada neft` qazib olish sohasida ishlaydigan ishchilarning jigarning funksional holatini buzilishi, metabolik, oqsil sintezlash, safro ajratish, antitoksik faoliyatlarining o‘zgarishi, qon zardobida mitoxondrial fermentlarni - GDG, SDG va MDG faolligining pasayishi, AST, ALT faolligining, ishqoriy fosfatazaning oshishi, shuningdek, mochevina, kreatinin, pirouzum, sut kislotalari miqdorining ortishi va glikogen va bilirubinlarning parchalanishi, shuningdek, kimyoviy va fizik omillarning majmuaviy ta’siridan toksik gepatitni profilaktika qilish uslublarini takomillashtirish neft` va gaz qazib chiqarish tarmoqlari ishchilarida toksik gepatitni erta tashxislash, oldini olish va davolashga yordam berish imkonini bergan.