Axmedov Nodir Xatamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sotsial mobillik – O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omili sifatida (sotsiologik tahlil)», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots23.
Ilmiy rahbar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.21/30.10.2020. Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Farfiev Baxramdjan Atxamjanovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent; Xasanov Toxirjon Abdurashitovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sotsial mobillik orqali tahlil qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish hamda yuritishga doir tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining xususiyatlari («ta’lim tizimi – mehnat bozori – yosh tadbirkor» o‘rtasida integratsiya, band bo‘lmagan, ishga muhtoj aholi manfaatlarini ko‘zlab, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi faoliyati) ochib berilgan;
raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan milliy makonda vujudga kelgan «raqamli tadbirkorlik»ning vertikal ijtimoiy-iqtisodiy pillapoya sifatidagi imkoniyatlari (sotsial mobillik, sotsial lift vazifasini o‘tashi) asoslangan;
sotsial mobillik jarayonlarini yanada jadallashtirish, mobillikning yangi kanal va stimullari (xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes sohasini rivojlantirish uchun ijtimoiy sheriklik tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanish, maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, soliq yukini kamaytirish) yoshlarning ijtimoiy harakatchanligini yanada kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
xususiy tadbirkorlik sohasiga kirishgan kichik va o‘rta biznes vakillarining ijtimoiy harakatchanligi, o‘z ishini yo‘lga qo‘yishida duch kelayotgan qiyinchiliklarni engishda «Har bir oila – tadbirkor» umummilliy harakatining samaradorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sotsial mobillik – O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omili sifatida olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlar qatlamining real ijtimoiy mavqeini mustahkamlashda sotsial mobillik, differensiatsiya, segregatsiya, stereotip, stigma kabi xususiyatlari sotsial masofa orqali ochib berilganligiga oid taklifidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va uning muammolari” mavzusidagi (2019-2019 yillarga mo‘ljallangan) ilmiy-innovatsion amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 28 yanvardagi 2-11-23-191-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va sotsiologik tadqiqotlar natijadorligini ta’minlash metodologiyasi va mexanizmlari takomillashtirilgan;
tadbirkorlik klasterlarini tashkil etilishi tadbirkorlar qatlamini shakllanishining sotsial dinamikasi sifatida (tadbirkorlikni shakllanishi, tarkibiy o‘zgarishi va rivojlanish qonuniyatlari) asoslanganligiga oid taklifidan «Har bir oila - tadbirkor», «Oilaviy tadbirkorlikdan kuchli oilaga» drayverlari asosida O‘zLiDeP partiya fraksiyasi tomonidan 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga kiritilgan «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqishda, xususan mazkur qonun loyihasining 2-bob, 11-modda, 3-band, 4-xat boshidagi Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik sub’ektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari asosida ishlab chiqiladi degan matnni hamda 3-bob, 15-modda, 7-bandi - innovatsion faoliyatga investisiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik sub’ektlari matnini shakllantirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasning 2020 yil 29 iyundagi 01-27/295-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik faoliyatini qonunchilik tomonidan muhofaza qilinishiga oid bandlar mazmuni takomillashtirilgan, «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga taklif va tavsiyalarni kiritishga erishilgan.
ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarning ta’siri ostida tadbirkorlar qatlamining ijtimoiy ko‘mak ishlarga tayyorligi, jamiyatda ularning mavqeini hurmat qilish pozisiyasi ustuvorligi, tafakkurida jamoaviy shakldagi urf-odat va an’analarning muhim o‘rin tutishi asoslanganligiga oid taklifidan «Homiylik mablag‘larini yo‘naltirish markazlari faoliyatini unumli va tezkor tashkil qilish»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 23 yanvardagi 02-09/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, koronovirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga etkaziladigan hayriya va xomiylik yordamini ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilinishiga erishilgan hamda davlat va nodavlat tizimlari faoliyatini muvofiqlashgan tarzda tashkil qilinishiga erishilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorlikning an’anaviy shakllari (kasanachilik, hunarmandlik, fermerlik va boshqa) bilan bir qatorda yangi zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashning institusional asoslarini mustahkamlash bo‘yicha tadqiqot dasturidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2019 yilda «O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlar nigohida» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar so‘rov varaqasidagi «V» blokida 4 ta, «S» blokida 6 ta savollarini tuzishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 fevraldagi PF-5667-son «Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Farmonining 2 bandining 3-xatboshidagi, 4-xatboshidagi mantlarini shakllantirishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 29 yanvardagi 01-16/35-2-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda qabul qilinayotgan davlat xujjatlarining tadbirkorlikka oid real amaliyotdagi ahvol bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga, qonun matnlarining jamoatchilik fikri va qarashlarini ifoda etishiga erishilgan.
xususiy tadbirkorlik sohasiga qadam qo‘ygan kichik va o‘rta biznes vakillarining ijtimoiy harakatchanlik jarayonlari, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish chog‘ida duch kelayotgan qiyinchiliklarni engishda «Har bir oila – tadbirkor» shiori ostida amalga oshirilayotgan umummilliy harakat samaradorligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimini samarali joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligining 2021 yil 25 fevraldagi 02-02/412-son ma’lumotnomasi). Shu bilan bir qatorda, dissertant tomonidan mamlakatimizdagi bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlarida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazildi. So‘rovlar davomida xususiy tadbirkorlik sohasiga qadam qo‘ygan kichik va o‘rta biznes vakillarining ijtimoiy harakatchanlik jarayonlari, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish chog‘ida duch kelayotgan qiyinchiliklari, «Har bir oila – tadbirkor» shiori ostida amalag oshirilayotgan umummilliy xarakat joylarda qay tarzda amalag oshayotgani kabi masalalarga oiy katta hajmdagi kontent materiallar to‘plandi hamda tahlil qilingan.