Pardaeva Shahnoza Abdinabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iitisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1719.
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisod fanlari doktori (DSc), professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA) o‘lchovi va kapitalga qilingan investisiya, xarajatlar va bahosini ifodalovchi ko‘rsatkichlar majmuasi taklif etilgan;
“qiymat zanjiri”ga hamda egiluvchan byudjetni shakllantirishga asoslangan, besh bosqichli integrallashgan tizim taklif etilgan;
“AVS”, “Target-kosting” hamda “Kayzen-kosting” hisob tizimlaridan kompleks foydalanish tamoyiliga asoslangan “tizimli yondoshuv usuli” taklif etilgan;
moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam etgan balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar bloklarini shakllantirish asosida strategik prognoz balansini tuzish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA) o‘lchovi va kapitalga kilingan investisiya, xarajatlar va bahosini ifodalovichi ko‘rsatkichlar majmuasi bo‘yicha bergan takliflaridan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida mas’uliyat markazlari (segmentlari)da kapitallarining real bozor qiymatini baholashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 04-01-02/8778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinatni yaxlit tarzda, shuningdek uning alohida olingan tarkibiy qismlari, segmentlari, mas’uliyat makazlarining faoliyatlari samaradorligini ular olayotgan foyda ko‘rsatkichi orqali baholash bilan birga, umumiy kapitallari qiymati, ya’ni har birining bozor bahosi qancha miqdorni tashkil qilayotganligini ham baholash imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning natijasida kelgusida har bir aksioner uchun olayotgan dividend ko‘rinishidagi foyda miqdorining o‘zinigina emas, balkim uning kombinat aksiyasiga qilgan investisiyasi bo‘yicha real daromadi darajasi qanday o‘zgarayotganligini ham hisoblash, tahlil qilish hamda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan;
“qiymat zanjiri”ga hamda egiluvchan byudjetni shakllantirishga asoslangan, besh bosqichli integrallashgan tizim bo‘yicha bergan tavsiyasidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 04-01-02/8778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kombinatda xarajatlarni bevosita jarayonlarni amalga oshirayotgan ishchi-xodim tomonidan ular vujudga kelgan joylarda (mas’uliyat markazlarida) amalga oshirish imkoniyati yaratildi, egri xarajatlarni yuqori aniqlikda taqsimlash hamda ularning miqdorini uzluksiz tarzda optimallashtirib borish ta’minlandi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini aniq hisob-kitob qilish usuli takomillashdi. Mazkur tadbirlar kombinatda mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha 2021 yilning yanvar`-iyun` oylari uchun tasdiqlangan maqsadli parametrlarni 103 foizga oshirib bajarishga imkoniyat yaratdi. Bu esa natijada hisobot davrida kombinatda mahsulot tanarxini 7 foziga kamaytirish hamda xarajatlarni 502,8 mlrd. so‘mga optimallashtirish imkoniyatini bergan;
“AVS”, “Target-kosting” hamda “Kayzen-kosting” hisob tizimlaridan kompleks foydalanish tamoyiliga asoslangan “tizimli yondoshuv usuli” bo‘yicha taklifidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning istiqbolda prognoz parametrlarini belgilashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 04-01-02/8778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinatning strategik salohiyatini, xususan, uzoq muddatga mo‘ljallangan investision loyihalar samarasini baholash imkoniyatlarini yaratmoqda, xususan, kombinatning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2026 yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda;
moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam etgan balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar bloklarini shakllantirish asosida strategik prognoz balansini tuzish bo‘yicha bergan taklifidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida moliyaviy natijalar bo‘yicha strategik boshqaruv qarorlarining tezkorligini ta’minlashda va samaradorligini oshirishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 04-01-02/8778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinatning strategik istiqbolda moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini, dinamikasini hamda ularga ta’sir qiladigan omillarni hisobga olish, tahlil qilish va natijada uzluksiz hamda tezkor tarzda parametrlariga o‘zgartirishlar kiritib borish imkoniyatini yaratgan.