Xamroev Mexroj Sirojxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta xizmatlari bozorining innovatsion faoliyatini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1166
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorining innovatsion faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘allikni qisqartirish va keksa yoshli qatlamning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida «majburiy annuitet sug‘urtasi» (qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi) tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
bojxona to‘lovlarining kechiktirilishi javobgarligini sug‘urtalashda mijozlardan garov undirilishini talab qilish taklif etilgan; 
sug‘urta kompaniyasining anderrayterlik faoliyati samaradorligini boshqarish, sug‘urta mukofotlarining mijozlar uchun muvozanatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida skoring tizimini kiritish taklif etilgan;
«KAPITAL SUG'URTA» sug‘urta kompaniyasining sug‘urta maydonini kengaytirish, sug‘urtalash ko‘lamini oshirish, potensial mijozlar bazasini shakllantirish hamda an’anaviy sug‘urta mahsulotlariga yangi sifatlarni joriy qilish maqsadida kompaniyaning marketing bo‘limida «innovatsion g‘oyalar» bo‘linmasi tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va keksa yoshli qatlamning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida «majburiy annuitet sug‘urtasi» (qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi) tizimini joriy etish taklifi «Euroasia Life» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan  amaliyotga joriy etilgan («Euroasia Life» AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 13/1021-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pensiya yoshidagi aholining farovon turmush tarzi, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishi, iqtisodiyotdagi boqimandalikning bartaraf etilishiga erishilgan. Shuningdek, bu tizim hayot sug‘urta tarmog‘ida uzoq muddatli innovatsion sug‘urta xizmatining yaratilishi va kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish tizimining barqarorlashishida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilgan;
bojxona to‘lovlarining kechiktirilishi javobgarligini sug‘urtalashda mijozlardan garov undirilishini talab qilish bo‘yicha berilgan taklif «KAPITAL SUG'URTA» AJ sug‘urta kompaniyasida to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan («KAPITAL SUG'URTA» AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 28 iyundagi 01/1345-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona to‘lovlarining kechiktirilishi javobgarligini sug‘urtalash shartnomasini tuzishda sug‘urtalanuvchilardan garov undirish tartibi qo‘llanila boshlangan. Garov evaziga sug‘urtalangan mijozlarning bojxona to‘lovlarini o‘z muddatida to‘lashiga erishilgan. Sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lishi, ya’ni bojxona to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari 2020 yilda o‘tgan 2019 yilga nisbatan 50 foizga kamaygan;
sug‘urta kompaniyasining anderrayterlik faoliyati samaradorligini boshqarish, sug‘urta mukofotlarining mijozlar uchun muvozanatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida skoring tizimini kiritish taklifi «KAPITAL SUG'URTA» AJ sug‘urta kompaniyasi amaliyotida potensial mijozlarga tariflarni belgilashda foydalanilgan («KAPITAL SUG'URTA» AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 28 iyundagi 01/1345-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida sug‘urta kompaniyasi faoliyatida sug‘urta risklarini tahlil qilish, ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida tezkor qaror qabul qilish, maqbul sug‘urta stavkasini o‘rnatish, firibgarlik ro‘y berish ehtimolligini aniqlash imkoniyatlari yuzaga kelgan. Kompaniyada risklarni skoring asosida tahlil qilish orqali 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 1,2 mlrd.so‘m miqdorida xarajatlar tejalishiga va sug‘urtalanuvchilardan sug‘urta tarixiga muvofiq mukofotlar undirilishiga erishilgan;
«KAPITAL SUG'URTA» sug‘urta kompaniyasining sug‘urta maydonini kengaytirish, sug‘urtalash ko‘lamini oshirish, potensial mijozlar bazasini shakllantirish hamda an’anaviy sug‘urta mahsulotlariga yangi sifatlarni joriy qilish maqsadida kompaniyaning marketing bo‘limida «innovatsion g‘oyalar» bo‘linmasi tashkil etilgan. Xodim tomonidan berilgan yangi g‘oyalar ahamiyatlilik va foydalililk darajasiga ko‘ra kompaniyada 1-5 ballik moddiy rahbatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan («KAPITAL SUG'URTA» AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 28 iyundagi 01/1345-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyasida innovatsiyalarni yaratish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan. Yangi sug‘urta mahsulotlarini yaratish va tijoratlashtirish mexanizmidan foydalanish natijasida 2020 yilda tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 850 tani tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish