Nazarov Abdukarim Kusharovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘chmas mulk ob’ektlarining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1434.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasi huzuridagi Fiskal institut.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘chmas mulk ob’ektlarining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘liq amortizatsiya qilingan va foydalanishda qoldirilgan asosiy vositalarni soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya xarajatlari bo‘yicha vaqtinchalik farqlarni 6240 – “Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” va 7240 – “Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotlarda hisobga olish taklif etilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining mol-mulk soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning mulklari to‘g‘risida ma’lumotda “Ko‘chmas mulk” 020-satrdan ularning turlari bo‘yicha (0201-0208 satrgacha) alohida aks ettirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarining joylashgan joyidan qat’i nazar davlat reestriga kiritish asosida kadastr yig‘ma jildini tayyorlash va kadastr qiymatidan soliqqa tortish zarurligi asoslangan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarini soliqqa tortish maqsadida bozor qiymatiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
to‘liq amortizatsiya qilingan va foydalanishda qoldirilgan asosiy vositalarni soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya xarajatlari bo‘yicha vaqtinchalik farqlarni 6240 – “Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” va 7240 – “Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotlarda hisobga olish taklifi “O‘ztransgaz” AJ va unga qarashli korxonalarning 2021 yil hisob siyosati bilan tasdiqlangan ishchi schyotlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ztransgaz” AJining 2021 yil 7 apreldagi № 05-24-210/1226-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi amortizatsiya bo‘yicha vaqtinchalik farqlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish, foyda colig‘i bo‘yicha coliqqa tortish bazacining aniqligi hamda bu coliqni hicoblashda coliq va buxgalteriya hicobi ma’lumotlarini bir-biriga moc kelishi ta’minlangan;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining mol-mulk soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning mulklari to‘g‘risida ma’lumotda “Ko‘chmas mulk” 020-satrdan ularning turlari bo‘yicha (0201-0208 satrgacha) alohida aks ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 6 mayda 3221-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2020 yil 24 fevraldagi 3221-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi № 06/14-01-01-37/1198-son ma’lumotnomasi). Qarorga asosan, moliyaviy va soliq hisobotidagi ma’lumotlar bir-biriga moslashtirilgan, moliyaviy va soliq hisobotlari moliyaviy hisobotning xalqaro hisobotlariga yaqinlashtirilgan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarining joylashgan joyidan qat’i nazar davlat reestriga kiritish asosida kadastr yig‘ma jildini tayyorlash va kadastr qiymatidan soliqqa tortish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-sonli qarorining 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi №06/14-01-01-37/1198-son ma’lumotnomasi). Mazkur qarorga asosan ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i ob’ektlarini to‘liq hisobga olinishi ta’minlanadi va byudjetga tushum ko‘paygan; 
ko‘chmas mulk ob’ektlarini soliqqa tortish maqsadida bozor qiymatiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmonining ettinchi, sakkizinchi hamda to‘qqizinchi bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi 06/14-01-01-37/1198-son ma’lumotnomasi). Mazkur qarorga muvofiq ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk solig‘ini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etilishi, soliq solish tartibi birxillashtirilish va ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish uchun axborot tizimi shakllantirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish