Turaeva Nafisa Omanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bronxial astmaning klinik-immunologik va biyokimyoviy xususiyatlari», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1418.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini   rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda turli xil og‘irlikdagi bronxial astmaning klinik - laborator xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, davolash turlarini baholash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarda bronxial astmaning har xil og‘irlik darajalarida mikroelementlarning tarkibi tahlil qilinib, rux, selen, temir va misning ko‘proq "harakatchanligi" natijasida bronxial astmada  yallig‘lanish jarayonida  patogenetik  ahamiyati asoslangan;
bolalarda har xil og‘irlikdagi bronxial astmaning klinik ko‘rinishi va kechishida D vitamin miqdorining ta’siri, hamda  yallig‘lanish jarayondagi roli isbotlangan;
turli darajadagi bronxial astma bilan kasallangan bolalarda mikroelementlar va D vitaminining immun holatiga, yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar parametrlariga ta’sirining patogenetik ahamiyati asoslangan;
bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda vitamin-mineral kompleksi va D vitamini yordamida kompleks davolash samaradorligi baholanib,   kasallikning remissiya davri uzayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Bolalarda bronxial astmaning klinik, immunologik va biokimyoviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda bronxial astmaning diagnostika va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida "Bolalarda bronxial astmaning diagnostika va davolash usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 16 maydagi n-r/389-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiya bronxial astmaning klinik kechishini bashorat qilish, erta tashxislashni va davolashni muqobillashtirish imkonini bergan; 
bolalarda bronxial astmani tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinika bolalar bo‘limi  amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 8 iyuldagi 08-09/7749 son ma’lumotnomasi.)  Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish xamda kasallikning avj olish chastotasini ikki baravar kamaytirishiga, bolalarning hayot sifatini yaxshilashiga  va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish