Djuraev Jamolbek Abdukaxarovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polipoz rinosinusitlarning rivojlanishida klinik-genetik omillarning ahamiyati va davolash samaradorligini oshirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib408.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Guseunov Nazim Mamed ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon); Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Gil`dieva Margarita Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Seul Milliy Universiteti (Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: genetik omillarning surunkali polipoz rinosinusitning kechishi va rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish, surunkali polipozli rinosinusitli bemorlarni davolashning samarali sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali polipoz rinosinusitning turli morfologik shakllarining rinoendoskopik ko‘rinishlari bilan mos kelishi isbotlangan;
surunkali polipoz rinosinusitni yuzaga keltirish va klinik kechishini rivojlantirish xavfiga genetik moyillikda IL4 geni rs1143634 polimorfizmi hamda TLR2 genining 753Gln salbiy allel variantlarining sezilarli hissasi isbotlangan;
ilk bor surunkali polipoz rinosinusitning shilliq, allergik, yallig‘lanishli gistologik turlarida IL4 va TLR2 genlarining noxush allellarining uchrashi aniqlangan;
surunkali polipoz rinosinusit rivojlanishida IL12V genidagi rs1143634 va IL10 genidagi rs1143634 salbiy genotip variantlarining mustaqil ravishda qo‘shgan hissasi ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan;
ilk bor surunkali polipoz rinosinusitlarni davolash va tashxislash usullarini o‘tkazishda IL4 rs1143634 va TLR2 753Gln genetik omillarining ahamiyati aniqlangan;
ilk bor surunkali polipoz rinosinusitning IL4 rs1143634 va TLR2 753Gln genlarining tashuvchilarida ushbu kasallikning qaytalanishining moyilligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polipoz rinosinusitlarning rivojlanishida klinik-genetik omillarning ahamiyati va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali rinsinusitlar (polipoz)ning gistologik turlarini tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali polipoz rinosinusitning morfologik ko‘rsatkichlarining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-r/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada surunkali rinosinusit (kistoz) bilan xastalangan bemorlarda kasallikni tashxislash, bemorlarni kuzatish orqali bemorlarning xastalik tufayli asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
surunkali rinsinusitlar (kistoz)ning gistologik turlarini tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarining morfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-r/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali rinosinusit (kistoz) bilan xastalangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash, bemorlarni kuzatish orqali bemorlarning xastalik tufayli asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
surunkali polipoz rinosinusitni rivojlanishiga ta’sir etuvchi IL4, IL12b, IL10 va TLR2 genlarida o‘tkazilgan molekulyar-genetik usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali polipoz rinosinusitlarni rivojlanishida genetik omillarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-r/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma genetik izlanishlarda genotipik noxush allellarni inobatga olgan holda surunkali polipoz rinosinusitlarni rivojlanishi va kechishida genetik omillarning rolini aniqlash, davolash, kaytalanishini oldini olish va prognozlashda ushbu tahlil samaradorligini oshirish imkonini bergan;
surunkali polipoz rinosinusitlarni tashxislash, davolash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi otorinoloringologiya bo‘limi, Respublika patologik anatomiya markazi va ProfMedService shifoxonasi, InViVo shifoxonasi, Respublika patologo-anatomik markaz, Gematologiya va kon kuyish ilmiy-amaliy markaziga klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/46–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi surunkali polipoz rinosinusit bilan xastlangan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini 29%ga yaxshilash, ijobiy davolash samaradorligini oshirish va prognozlash xamda shu orkali ushbu xastalikni kaytalanishini kamaytirish imkonini bergan.