Gadaeva Nilufar Abdig‘affarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar buyraklari funksional zaxirasi hamda interleykin-6 va gemodinamika ko‘rsatkichlarini baholash», 14.00.25 – Klinik laboratoriya va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1743.
Ilmiy rahbar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gafarova Feruza Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori; Usmonova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar buyraklar zaxirasi, uning gemodinamik ko‘rsatkichlari, interleykin-6 va ularga natriy-glyukoza ko-transporteri 2 tip selektiv ingibitori dapagliflozin - forsiganing ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuE negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar yurak ichi va buyraklar gemodinamikasi orasidagi bog‘liq hamda ularga natriy-glyukoza ko-transporteri 2 tip selektiv ingibitori dapagliflozin - forsigani ijobiy ta’siri aniqlangan;
ilk bor SYuE negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning buyrak funksional zaxirasiga natriy-glyukoza ko-transporteri 2 tip selektiv ingibitori dapagliflozin - forsiganing ijobiy ta’siri aniqlangan;
natriy-glyukoza ko-transporteri 2 tip selektiv ingibitori dapagliflozin - forsigani SYuE negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar hayot sifati, klinik holati va jismoniy yuklamalarga chidamligiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
qon zardobidagi interleykin-6 ko‘rsatkichlarini barqarorlovchi ta’siri ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar buyraklari funksional zaxirasi hamda interleykin-6 va gemodinamika ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar yurak va buyraklar gemodinamikasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar yurak va buyraklar gemodinamikasidagi parallel o‘zgarishlar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/386-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada SYuE negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar yuragi va buyraklarida kuzatiladigan gemodinamik o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liqlikda baholangan hamda natriy-glyukoza ko-transporteri 2 tip selektiv ingibitori dapagliflozin - forsiga yordamida samarali davolash imkonini bergan;
SYuE COVID-19 o‘tkazgan bemorlar buyraklari funksional zaxirasi hamda interleykin-6 va gemodinamika ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlarida, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi funksional diagnostika bo‘limida sog‘liqni saqlash amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17920-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar kasallik kechishi ehtimolligini aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.