Berdieva Xilolaxon Umarjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ensefalitlarning klinik-neyrovizualizatsion xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib758.
Ilmiy rahbar: Sadiqova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar:Aliqulova Nigora Abduqodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda birlamchi gerpetik va ikkilamchi ensefalitlarning kilinik nevrologik xususiyatlarini neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash hamda diferensial tashxislash mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gerpevirus hamda bakterial infeksiyasi omiliga qarab bolalarda ensefalitlarning nevrologik asoratlarining avj olishida gumoral va hujayra  immun tizimi (SD4, CD8, CD16, CD25 markerlari) ko‘rsatichlari pasayishi aniqlangan;
birlamchi gerpetik va ikkilamchi ensefalitlarni neyrovizualizatsion xususiyatlari signallarning soni va hajmi xamda, ularning joylashuvi, bolalarda surunkali gerpevirus va bakterial infeksiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ensefalit bilan xastalangan bolalarda tizimli va gumoral immunitetni faollashishi hamda immunoglobulin G sintezini oshishi surunkali nevrologik asoratlarning rivojlanishida prognostik marker bo‘lishi aniqlangan;
nevrologik asoratlarning uzoq kechishi bilan  kognitiv faoliyat va psixoemotsional belgilarini kuchayishi  orasida bog‘liqlik aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda ensefalitlarning klinik neyrovizual xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda ensefalitlarning klinik neyrovizualizatsion xususiyatlarinibaholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda ensefalitlarni tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021yil 28 martdagi 8n-d/116-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma natijalari bolalarda ensefalitlarnining klinik neyrovizualizatsion xususiyatlari  erta tashxislash, kasallikning o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan.
Bolalarda ensefalitlarning klinik neyrovizualizatsion xususiyatlarini tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi va  Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining nevrologiya bo‘limlarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17992-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda ensefalitni erta tashxislash algoritmi qiyoslash orqali,tashxislash algoritmning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bolalarda ensefalitlarni  erta tashxislash mezonlarni tatbiq qilishni bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish