Musashayxov Umidjon Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli lokalizatsiyali qon tomirlari trombozlari patogenezida folat metabolizmi va gemostazning trombotsitar xalqa buzilishlari gen-determinantlarining rolini o‘rganish», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/Tib1930
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich,tibbiyot fanlari doktori, professor, Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlarining patogenezida folat almashinuvi buzilishi va gemostazning trombotsitar halqa gen-boshqaruvchilarining rolini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperkoagulyasion sindrom shakllanishida va turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlarining rivojlanishida (OChVT, II va MI) folat davrining buzilishi gen-boshqaruvchilari polimorfizmlari (MTHFR A1298C, C677T; MTRR A66G; MTR A2756G) va gemostazning trombotsitar halqa buzilishi (ITGA2 C807T i ITGB3 T1565C) genlari polimorf variantlarining roli aniqlangan;
o‘rganilayotgan genlarning salbiy alel va genotiplari polimorf ko‘rinishlarini tarqalish darajasini trombogen asoratlarni rivojlanishiga irsiy moyillikni shakllanish qonuniyati asoslangan;
OChVT rivojlanishida MTR (A2756G) genining A/G salbiy geterozigot genotipining, II va MI rivojlanishi xavfi uchun esa MTHFR (C677T) genetik markerning S/T salbiy genotipi sezilarli hissa qo‘shishi aniqlangan;
OChVT, II va MI bo‘lgan bemorlarda ITGA2 geni C807T polimorfizmining T/T funksional salbiy genotipini va II, MI mavjud bemorlarda ITGB3 geni salbiy geterozigot genotipi Leu/Pro ni tashuvchanligini aniqlanishi trombogen asoratlarni rivojlanish xavfi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlangan; 
tromboembolik asoratlarning rivojlanish xavfi va takrorlanishini bashoratlash takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli lokalizatsiyali qon-tomir trombozlarini rivojlanish xavf omillarini erta bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining turli qatlamlari orasida turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlari rivojlanish xavfini erta bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlari rivojlanish xavfini bashoratlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8p-z/741-son ma’lumotnomasi). Natijada turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlarini erta bashoratlash imkonini bergan.
Turli lokalizatsiyali qon-tomirlari trombozlari rivojlanish xavfini bashoratlash algoritmini ishlab-chiqish asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 08-09/16969-son ma’lumotnomasi). Natijada, trombogen asoratlar rivojlanishiga irsiy moyillikni aniqlash va oldini olish tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va davolash tartibini moslashtirish orqali nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish