Bektemirova Norbuvi Tuxtaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oftal`mologiya jarrohligida geriatrik bemorlarda og‘riqsizlantirish xususiyatlari»; 14.00.08–Oftal`mologiya va 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1379.
Ilmiy rahbarlar: Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukov Botir Tulqinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Akmalov Abror Saidaxmadovich, tibbiyot fanlari doktori dotsent (Saudiya).
Yetakchi tashkilot: «Axmad Yasaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro Universiteti» (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘zning oftalmotonusi, markaziy va mikrogemodinamikasi ko‘rsatkichlarini, shuningdek analgeziyaning davomiyligi va chuqurligini kuzatish asosida kataraktali geriatrik bemorlarda jarrohlik paytida og‘riqsizlantirishning optimal variantini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor umumiy va mahlliy og‘riqsizlantirishning turli variantlari sharoitida ortirilgan katarakta sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan geriatrik bemorlarda ko‘z mikrogemodinamikasi, oftal`motonus, gemostaz, periferik va markaziy gemodinamika xolatini majmuaviy tekshirish o‘tkazildi;
Ilk bor o‘rganilgan ko‘rsatkichlarga og‘riqsizlantirishni boshlanish tezligi, davomiyligi va chuqurligi, asoratlar soni, samaradorligi va ularning havfsizligiga umumiy va mahalliy og‘riqsizlantirishning ta’sirini qiyosiy tavsifi o‘tkazildi;
geriatrik bemorlarda o‘tkazuvchi anesteziya uchun katarakta sababli jarrohlik amaliyotlarida 0,5% li bupivakainni qo‘llash maqsadga muvofiq, u ko‘z olmasida chuqur va davomli (120-180 daqiqa) anesteziyani xamda moplegiyani yuzaga keltirishi isbotlangan;
arterial gipertoniya va YuIK bor kataraktali geriatrik bemorlarda ko‘z jarrohligi paytida propofol kichik dozalarda fentanil bilan birgalikda ishlatilganda oftalmotonus, tizimli va markaziy gemodinamikaning eng yaxshi ko‘rsatkichlari olinganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oftal`mologiya jarrohligida geriatrik bemorlarda og‘riqsizlantirish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oftal`mojarrohlikda og‘riqsizlantirish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oftal`mojarrohlikda og‘riqsizlantirish usullari va o‘ziga xosliklari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabridagi 8n-r/635 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada ishlab chiqilgan og‘riqsizlantirish usuli batafsil bayon etish imkonini bergan;
oftal`mologik jarrohlik amaliyotlarida og‘riqsizlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oftal`mologik jarrohlik amaliyotlarida og‘riqsizlantirish taktikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabridagi 8n–r/636-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma endi ish boshlagan mutaxassislarga bilimlarni kengaytirishga, katarakta sababli jarrohlik amaliyotlarida og‘riqsizlantirishning o‘ziga xosliklari, oftal`mologik jarrohlik amaliyotlarida anesteziologik ta’minotning maxsus vazifalarini qo‘yishga imkon bergan.
2020 yil 7 avgustda №002349 raqami ostida Xalqaro intelektual mulk agentligidan «Oftal`mologiya jarrohligida geriatrik bemorlarda og‘riqsizlantirish xususiyatlari» mavzusida mualliflik guvohnomasi olindi. Oftal`mologiya jarrohligida geriatrik bemorlarda og‘riqsizlantirishni o‘ziga xosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi oftal`mologiya bo‘limi, Samarqand Davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi va Farg‘ona viloyati ko‘z kasalliklar shifoxonasi faoliyatiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n–z/349 sonli xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga joriy etilishi yuqori anesteziologik havfli geriatrik bemorlarda katarakta sababli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarida og‘riqsizlantirishni havfsizligini ta’minlash va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.