Ergasheva Nigora Djuraxonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tejamkor texnologiya asosida mo‘ynali kiyimlarni badiiy loyihalash usulini ishlab chiqish”, 05.06.04 - «Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni»(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqamB2021.2.PhD/T1195.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Nigmatova FotimaUsmonovna, texnika fanlari doktoriprofessor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:Abdukarimova Mashkura Abduraimovnatexnika fanlari doktori;Pulatova Saboxat Usmanovna texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kiyim modellari assortimentining sifati va dizaynini yaxshilash va ishlab chiqarishning loyihalash bosqichlarida ishning yuqori darajadagi samaradorligiga erishish imkonini beradigan resurstejamkor texnologiyalar asosida kiyimni badiiy loyihalash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mo‘ynali kiyimlarni kiyish jarayonida shakl saqlash barqarorligini ta’minlovchi ikkilamchi material resurslaridan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotning fizik-mexanik, deformatsion-mustaxkamlik va texnologik xususiyatlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
mo‘ynali kiyimlarning shakl saqlash barqarorligini ta’minlovchi ikkilamchi material resurslaridan tayyorlangan yarim tayyor mahsulot texnologik ko‘rsatkichlarining tikuv choklariga nisbatan  bog‘lanishlari ishlab chiqilgan; 
mo‘ynaning ikkilamchi material resurslaridan buyumlarni modulli loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida innovatsion yo‘nalishdagi mo‘ynali pal`toning asosiy shakl xosil qilishda konstruktiv va badiiy xususiyatlarining ko‘p o‘lchovli maydonida taqsimlanish qonuniyati ishlab chiqilgan xamda kiyimni badiiy loyihalashning kompleks axborot tizimi ishlab chiqilgan;
moslashuvchan konstruksiyalash qoidalaridan foydalangan holda tayyor mahsulotlardan foydalanish darajasini oshirish imkonini beradigan mo‘ynali yarim tayyor mahsulotlar yuzida zich taxlamalarini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mo‘yna qiyqimlaridan shakli va o‘lchamlari bo‘yicha katta diapazonda o‘zgaruvchi modul` elementlarini bichishga qaratilgan va ikkilamchi material resurslarini minimallashtirish va resurstejamkor yangi texnologiyani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
taklif etilayotgan ayollar pal`tosi andozalari konturida modulli elementlardan tashkil topgan zich yoyilmalarni olish bo‘yicha dasturiy ta’minoti “O’ZCHARMSANOAT” korxonalarida, shu jumladan, «MEXOVAYa MODA» MChJ, (Buxoro viloyati) mo‘yna korxonasida amaliyotga joriy qilindi («O’ZCHARMSANOAT » uyushmasining 2021 yil 23 sentyabrdagi FB-7/2500-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada mahsulotning mehnat sarfi kamaytirilgan, ikkilamchi material resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga zamonaviy tendensiyalarga muvofiq ayollar pal`tosining bazaviy shakllarini ishlab chiqish uchun mehnat unumdorligi 45-50% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
taklif etilayotgan mo‘yna buyumlari konstruktiv parametrlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish, mo‘yna yarim tayyor maxsulotidan tayyorlangan skornyak laxtaklaridan maksimal foydalangan holda mo‘yna buyumlari va zich joylashmalarni loyihalashning algoritmi va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan usul  “O’ZCHARMSANOAT” korxonalarida, shu jumladan, «MEXOVAYa MODA» MChJ, (Buxoro viloyati) mo‘yna korxonasida amaliyotga joriy qilingan, natijada tadbiq qilish amaldagi terilarni qo‘lda tanlash va joylashmalarni bajarishda vaqt sarfini 35-40% ga kamaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish