Xodjieva Gulira’no Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Arid zona sharoitida anemiya bilan og‘rigan bemorlarda temir preparatlarini qabul qilish mezonlari tahlili: farmakoterapiya, farmakoekonomika va terapiya komplaentligi” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib870.
Ilmiy rahbar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Maksud Razzakovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining arid zona sharoitida anemiya bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan farmakoterapiya, farmakoekonomika tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, anemiyaga qarshi davolashning komplaensini oshirish imkoniyatlari hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor arid hududlarda temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bemorlarning komplaens darajasi o‘rganilgan va davolanish tartib qoidalariga to‘liq amal qiladigan bemorlarning chastotasi aniqlangan;
ilk bor “Komplaens darajasi” bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini tahlil qilish asosida, temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bemorlarda komplaensga amal qilish eng past ekani qayd etilgan;
ilk bor statistik tahlil natijasida komplaensga rioya qilish va temir tanqisligi anemiyasi og‘irlik darajasi o‘rtasida gemoglobin darajasi, umumiy anemik va sideropenik sindromlar ko‘rinishidagi kuchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; 
ilk bor “MyTherapy” mobil ilovasini qo‘llash asosida temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bemorlarda davolanish komplaensini nazorat qilish va takomillashtirish usuli ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arid zona sharoitida anemiya bilan og‘rigan bemorlarda temir preparatlarini qo‘llashning ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
ferroterapiyaga rioya qilish, uni aniqlash usullari va poliklinika amaliyotida komplaensni ta’minlaydigan turli usullarni qo‘llash masalalari bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Anemiya terapiyasini baholash, kuzatish va unga rioya qilishni kuchaytirish metodikasi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-p/162-sonli ma’lumotnomasi). Muvofiqlikni baholash va yahshilash usullari ishlab chiqilgan va ushbu qo‘llanmada batafsil baen etilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomani amaliyotga joriy etish shifokorlarni komplaensni baholash, nazorat qilish va takomillashtirish masalalarida xabardorligini sezilarli darajada oshirishga imkon bergan.
anemiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda dori-darmonlarni qabul qilishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy mobil dasturiy ilovalarni joriy etish va ularning bemorlarga moslashuvini yaxshilashdagi samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida “Anemiyani davolashda bemorlarning muvofiqligini kuzatish va takomillashtirish metodikasi” uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 08 fevraldagi 8n-p/112–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani joriy etish terapiya nazorati va bemorning komplaens darajasini oshirish orqali ferroterapiya samaradorligini oshirishga imkon bergan;
olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan, ambulatoriya muassasalari (3, 4 va 11-sonli oilaviy poliklinikalar, shuningdek, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi) faoliyatiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.03.2021 yildagi 8n-d/94-sonli ma’lumotnomasi). Amalda olingan natijalarning amalga oshirilishi temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish