Zakirova Umida Irkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: «Bronxial astma moyilligi bor residiv bronxit bilan og‘rigan bolalarda klinik-genetik va funksional aspektlari va reabilitatsiyani optimallashtirish» ixtisosliklar shifrlar (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 14.00.20 - Tibbiy genetika; 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.3.DSc/Tib36.
Ilmiy maslahatchi:  Karimdjanov I.A. tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shamansurova El`mira Amanullaevna,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bronxial astmaga moyilligi bor residiv bronxit bilan og‘rigan bolalarning klinik-genetik va funksional jihatlari asosida reabilitatsiyasini optimallashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor residiv bronxial obstruksiyaga moyillik o‘g‘il bolalarda ADRB2 geni G/G genotipining Arg16Gly polimorf lokusiga, qiz bolalarda esa A/G genotipining Gln27Glu polimorf lokusiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub bolalarda residiv bronxit va bronxial astma rivojlanishida ADRB2 geni G/G genotipining rs1042713 (Arg16Gly) polimorf lokusining prediktorlik roli isbotlangan;
ilk bor bolalarda ADRB2 geni A/G va G/G genotiplarining rs1042714 (Gln27Glu) polimorf lokuslari mavjudligi residiv bronxial obstruksiya bilan kasallanishi va bronxial astma rivojlanishining omili ekanligi isbotlangan;
ilk bor Gly16/Glu27 gaplotipi mavjud A/A gomozigot  genotipni  tashuvchi bolalarda residiv bronxial obstruksiya engil kechishini ta’minlashi xamda BA rivojlanishidan saqlashi aniqlangan;
ilk bor ikkala lokuslarning G/G mutatsion genotipi va ADRB2 genining Gln27Glu lokusning A/G geterozigot genotipini tashuvchi bolalarda  residiv bronxial obstruksiyaning og‘ir kechish xavfi aniqlangan;  
RBO bo‘lgan bolalar guruhida ADRB2 genidagi ikkala lokuslarning A/G va A/A genotiplari tashuvchilari orasida salbutamolning samaradorligi eng yukori deb aniklandi, eng past samaradorlik esa – G/G genotipi tashuvchilarida kayd etildi.        
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astmaga moyilligi bor residiv bronxit bilan og‘rigan bolalarning klinik-genetik va funksional jihatlari asosida reabilitatsiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bolalarda residiv bronxit rivojlanishini nazorat qilish va olib borish asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda residiv bronxitni erta tashxislashda klinik-genealogik usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 8n-d/18-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi residiv bronxitli bolalarda kasallikni erta tashxislash va bashoratlash, o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llash orqali kasallik qaytalanish darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
bolalarda residiv bronxit turli klinik kechishlarini davolash va asoratlarini oldini olish asosida chiqilgan «Residiv bronxit bilan og‘rigan bolalarni kompleks reabilitatsiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 8n-d/18-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarda residiv bronxit kasalligini erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlash, residivlar  darajasini kamaytirish va tabaqalashtirilgan reabilitatsiya qilishga xizmat qilgan;
bronxial astmaga moyilligi bor residiv bronxit bilan og‘rigan bolalarda molekulyar-genetik va klinik-funksional tadqiqotlar asosida reabilitatsiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 51-sonli oilaviy poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi  08-09/17403-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi bolalarda RB va BA rivojlanishini erta tashxislash, zamonaviy davolash uslubini qo‘llash orqali kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirish, kasallik asoratlarini oldini olish, reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish orqali bemorlarning xayot sifatini yaxshilash xamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish