Babaraximova Sayyora Borievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Depressiv genezli suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining klinik-psixopatologik jihatlari», 14.00.18– Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib952.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suisidal havf prediktorlarini hisobga olgan xolda depressiv genezli suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining klinik-psixopatologik jihatlarini baxolash va suisidal xulqning differensial tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
depressiv buzilishlari bor bo‘lgan o‘smirlarda suisidal xulq bilan shaxsiy xususiyatlari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
shaxs xususiyatlarini xisobga olgan holda o‘smirlardagi depressiyaning klinik turlari (disforik, ipoxondrik, vaximali, dismorfobik, astenoapatik) va ularning og‘irlik darajasi aniqlangan;
o‘smirlarda suisidal xulqning tendensiyalari shakllanishiga psixologik, ijtimoiy, demografik omillarining ta’siri asoslangan;
shaxs xususiyatlarini va depressiya belgilarini xisobga olgan xolda o‘smirlarda suisidal xulkning shakllanish ruxiy-ijtimoiy xavf mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining klinik-psixopatologik jihatlarini aniqlash va suisidal xulqning differensial tashxislashni takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
depressiv genezli suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining diagnostika usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Depressiv genezli suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining diagnostika usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 fevraldagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadepressiv genezli suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlar orasidao‘z joniga qasd qilish va turli xil asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarni kasalxonaga yotqizish extiyojini kamaytirish imkonini bergan;
o‘smirlarda suisidal xulqini diagnostika usullarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘smirlarda suisidal xulqni diagnostika usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-d/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘smirlarda suisidal xulqini profilaktika va diagnostika ishlarini optimallashtirish imkonini bergan;
suisidal tendensiyalarga ega o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining klinik-psixopatologik jihatlarini aniqlash va suisidal xulqning differensial tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarsog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Urganch shahar Xorazm ruhiy-asab kasalliklari dispanserining o‘smirlar bo‘limining davolash-maslahat poliklinikasi, Toshkent shahar bolalar ruhiy-asab kasalliklari markazi va 1 sonli Toshkent shahar ruhiy asab kasalliklari dispanseriamaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021yil 15 oktyabrdagi 08-09/14675-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘smirlarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda psixologik tashxisotni takomillashtirishni va davolash choralarni adekvatligi va samadorligini yaxshilash imkonini bergan.