Yakubjanova Dilobar Batirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped150.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida korreksion-rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida korreksion-rivojlantiruvchi jarayon ijtimoiy va ta’limiy maqsadlarga kompleks yondashuvning adaptiv-blokli texnologiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni integrativ yondashuvga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari asoslarini shakllantirishning kognitiv-vizual sensor korreksion-rivojlantiruvchi didaktik ta’minoti bolalarning individual qobiliyatlarini “Tayanch material-tayanch sxemalar”, “Matematik klaster”, “Matematik daqiqa” rivojlantiruvchi ta’lim muhiti texnologiyalari va mul`timedia ilovalarini yaratish hamda shaxsga yo‘naltirilgan mujassamlashgan ta’lim texnologiyalariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish modeli sub’ekt-sub’ekt qayta aloqa hayotiy qobiliyatlarini shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, tabaqalashtirilgan o‘qitish va individual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilar ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari va intellektual monitoring, yashirin iqtidorlar seleksiyasini o‘zaro optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan va inklyuziv ta’lim muassasalarida maxsus ta’lim mazmunini sifati mahsuldor faoliyat turlarini interpritativ ta’sirchanlik darajalarini ichki korreksion o‘zaro aloqadorligi mavjudligiga bo‘yicha modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
matematik bilimlarni shakllantirishning korreksion-pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmali-predmetli tafakkur darajasida fikrlash, matematik topshiriqlarni bajarish, natijalarni solishtirish, o‘zaro qiyoslashni tekshirish, o‘zini nazorat qilish jarayonini uzluksiz rivojlantirib borish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rgazmali-predmetli tafakkur darajasida analiz, sintez, taqqoslash va abstraksiyalash bo‘yicha fikrlash, nutq faoliyati, so‘zli-mantiqiy tafakkurning rivojlanishi, matematik topshiriqlarni bajarish, natijalarni solishtirish, o‘zaro qiyoslashni tekshirish, o‘zini nazorat qilish va tekshirish ko‘nikmalarini o‘zaro muvofiqlashtirib aniqlashga oid tavsiyalar asosida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 4 -sinf “Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02-07-2404/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining korreksion-rivojlantiruvchi ta’limini tashkil etishning ilmiy-nazariy, metodologik va metodik yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari oshgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar o‘quvchini ijtimoiy, ruhiy, kognitiv va jismoniy rivojlantirishga oid jahon miqyosidagi tendensiyalarga ijtimoiy, ta’limiy integratsiyasini tizimli va kompleks yondashuvlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-sinf “Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02-07-2404/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik bilim, ko‘nikma va malakalari asoslarini shakllanganligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari asoslarini shakllantirishning kognitiv-vizual sensor korreksion-rivojlantiruvchi didaktik ta’minoti bolalarni individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan “Tayanch material-tayanch sxemalar”, “Matematik klaster”, “Matematik daqiqa” rivojlantiruvchi ta’lim muhitini texnologiyalari va mul`timedia ta’lim resurslarini yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflari PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02-07-2404/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish modeli tabaqalashgan va individual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilar ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari va hayotiy qobiliyatlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik komponentlar hamda zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim muhitini optimallashtirish asosida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 3-sinf “Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02-07-2404/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalari asoslarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish asosida korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish imkoniyati oshirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda inklyuziv ta’lim mazmuni sifati korreksion-rivojlantiruvchi vazifalarni hal etishda zarur bo‘lgan mahsuldor faoliyat turlarini pedagogik modellashtirish, bolalarga o‘z faoliyatini tahlil qilish uchun kognitiv-vizual tayanchlar yaratish, individual imkoniyatlarni adaptiv asosiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish asosida kengaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02-07-2404/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarda korreksion-rivojlantiruvchi ta’limni samarali tashkil etishga erishilgan.