Samatova Dilrabo Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Texnologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped559.
Ilmiy rahbar: Abdukarimov Xabibullo, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni bosqichlari standart va nostandart darslarning tuzilishini deduktiv qiyoslagan holda ijodiy fikrlash qobiliyatlarni intensiv rivojlantirishga oid induktiv va deduktiv usullarining qayta aloqasi tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga asoslangan kreativ va refleksiv yondashuvlarni rejalashtirish orqali darsning bosqichlarini loyihalash, refleksiv madaniyatni tarkib toptirish jarayonlariga texnologik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
darsni tahlil qilish modelining amaliy komponenti talabalarni ilmiy-metodologik, didaktik, psixologik, metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir ta’lim texnologiyalarini o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyot jarayonlari, ta’limiy ijod muhiti hamda evristik texnologiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlarga hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion axborot ta’lim muhitini yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-texnologik mazmuni nazorat uchun ishlab chiqilgan test va keys-stadilarda kompetent yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. texnologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni bosqichlari standart va nostandart darslarning tuzilishini qiyoslash, dars bosqichlarini strukturaviy tahlil etish, induktiv va deduktiv usullarining qayta aloqasi natijaviyligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar ITD-1-165 raqamli “Ta’lim bosqichlarida badiiy asarlarni sharhlash va izohlash yo‘li bilan o‘rganishning ilmiy-metodik asoslarini tadqiq etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-766 son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish samaradorligi oshgan;
texnologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari darsning maqsadi va kutiladigan natijasini aniqlashtirish, identiv o‘quv maqsadlarini belgilash, darsning bosqichlarini loyihalash, refleksiv madaniyatni tarkib toptirish jarayonlarini hisobga olish asosida kengaytirishga oid takliflar 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-766 son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda tahliliy kompetensiyani shakllantirishdagi didaktik jihatlarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
texnologik yondashuv asosida darsni tahlil qilish modelining amaliy komponenti talabalarni ilmiy-metodologik, didaktik, psixologik, metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir ta’lim texnologiyalarini o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyot jarayonlariga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-165 raqamli “Ta’lim bosqichlarida badiiy asarlarni sharhlash va izohlash yo‘li bilan o‘rganishning ilmiy-metodik asoslarini tadqiq etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-766 son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik yondashuv asosida darsni tahlil qilish modelini takomillashtirish imkoni oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-texnologik mexanizmlari ustoz-shogird an’analariga asoslangan edvayzerlik faoliyatini talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalash jarayonlariga joriy etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar ta’lim muassasalarida dars sifati monitoringini olib borish va tahlil qilish jarayonida amalda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020 yil 25 iyundagi 01-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda darsni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan.