Mahmudova Nigora Baxromovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sintagma va uning nutqiy voqelanishi”, (o‘zbek tili materiali asosida) mavzusida 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1031.
Ilmiy rahbar: Turniyozov Ni’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek tilida mikro- va makrosintagmalarning derivatsion shakllarini ochib berish hamda ularning sintaktik yo‘nalishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintagma har doim biri ikkinchisidan keyin keluvchi ikki birlikdan iborat bo‘lganligi, uning komponentlari aniqlovchi-aniqlanmish modeli asosida bog‘langanligi sababli uning fonetik hodisa emas, balki sintaktik hodisa ekanligi asoslangan;
fonemaning o‘zaro birikuvi sintagmatik munosabat qonuniyatiga bo‘ysunishi, so‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi ham so‘z birikmasi sifatida qaralishi, ular “kichik sintaksis” ob’ekti ekanligi sababli sintagma maqomida kela olishi dalillangan; 
so‘z birikmasi gap bilan bir vaqtning o‘zida voqe topganligi, ular gap tasarrufida derivatsion jihatdan kengayib mikrokatenalarni tashkil etganligi uchun parataktik (teng komponentli so‘z birikmalari) va gipotaktik (tobe komponentli so‘z birikmalari) qurilmalar makrosintagmaga doir ekanligi ochib berilgan;
sintagma komponentlari aniqlovchi – aniqlanmish modelidan tashqari to‘ldiruvchi – harakat, ob’ekt – sub’ekt, ob’ekt – harakat, ob’ekt – holat kabi modellarda ham sintagmatik munosabatda bo‘lganligi uchun sintagmani derivativ jihatdan tahlil qilgandagina aks etishi va bunda sintagma operandi va operatorlarining sintaktik aloqasi muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintagma va uning nutqiy voqelanishining asoslarini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
sintagmaning sintaktik hodisa ekanligi, uning komponentlari, ya’ni aniqlovchi-aniqlanmish modeli asosidagi bog‘lanishi orqali  asoslanganligiga doir ilmiy xulosalaridan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 20 sentyabrdagi 17-01/216-son ma’lumotnomasi). Natijada sintagma hosil bo‘lishida til elementlarining ierarxik munosabat qonuniyatiga amal qilishini va uning avtonom xarakterli ekanligini izohlash, sintagmaning faqat aniqlovchi+aniqlanmish modelida emas, balki sub’ekt+harakat, to‘ldiruvchi+harakat, hol+harakat kabi modellarda ham shakllanishi mumkinligini isbotlash imkonini bergan;
fonemalarning o‘zaro birikuvi sintagmatik munosabat qonuniyatiga bo‘ysunishi, so‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi ham so‘z birikmasi sifatida qaralib, ularning sintagma maqomida kelishiga doir ilmiy xulosalaridan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql - maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 sentyabrdagi 17-01/216-son ma’lumotnomasi). Natijada sintagmaning sintaktik hodisa ekanligini dalillash, garchi sintagma hosil bo‘lmasa-da, fonemalarning o‘zaro applisitligidan sintagmatik munosabat yuz berishini tahlil etish imkonini bergan;
mikro- va makrosintagmalar shakllanishining xususiyatlarini belgilash bo‘yicha to‘plangan materiallar asosida sintagmaning sintaktik hodisa ekanligini dalillash, sintagmani tahlil qilishda tilshunoslikning sintaksis bo‘limini so‘z birikmasi sintaksisidan emas, balki so‘z sintaksisidan boshlash zarurligi, murakkab sintaktik qurilmalar maqomida kelishini dalillash kabi xususiyatlari ochib berilgan ma’lumotlardan “Diyor yangiliklari”, dasturi va “Fayzli kun” musiqiy dam olish dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 sentyabrdagi 8/9-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmunining ma’rifiy va amaliy jihatdan boyish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish