Jamiyat rivoji yo‘lida to‘siq bo‘luvchi illatlardan biri - korrupsiyadir. Uning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘lish mamlakatimizda bugunning dolzarb mavzusiga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilgan va unga qarshi kurashishning aniq mexanizmlari belgilab berilgan.
Ma’lumki, “9 dekabr` – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”. Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 
Oliy attestatsiya komissiyasida ham mazkur mavzuda davra suhbati tashkil qilindi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Bahodir Ismoilov respublikamizda korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish,  shuningdek, xalqaro tajribalar xususida atroflicha ma’lumotlar etkazib, ishtirokchilarning savollariga asosli javoblar berdi.

OAK Axborot xizmati

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish