Xusanova Zulfiya Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. mumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligini boshqarish mexanizmini takomillashtirish” (Andijon viloyati misolida)», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1459.
Ilmiy rahbar: Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduramanov Xamid Xudaybergenovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida ayollar tadbirkorligini boshqarishning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar tadbirkorligini rivojlanish bosqichi va daromad darajasi bo‘yicha quyi (0-0,54), quyi o‘rta (0,55-0,69), o‘rta yuqori daromadli (0,70-0,85) va yuqori daromadli (0,86-1,00) darajalarida baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
korxona boshqaruvi bilan shug‘ullanayotgan ayol tadbirkorlarning moliyaviy va boshqaruv savodxonligi darajasi, ularni qo‘llab-quvvatlash shart-sharoitlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan holda baholash zarurligi taklifi asoslangan;
ayollar tadbirkorligini boshqarishni innovatsion rivojlantirishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish markazlarini tashkil etish va “Xududiy innovatsion rivojlanish strategiyasi” to‘rt bosqichda infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
Andijon viloyatida qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, moliyaviy va boshqaruv savodxonligini oshirish bo‘yicha maqsadli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish omillari ta’siri asosida ayollar tadbirkorligini rivojlanishini 2025 yilgacha turli ssenariyalardagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida ayollar tadbirkorligini boshqarishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ayollar tadbirkorligini rivojlanish bosqichi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini daromad darajasi bo‘yicha quyi (0-0,54), quyi o‘rta (0,55-0,69), o‘rta yuqori daromadli (0,70-0,85) va yuqori daromadli (0,86-1,00) darajalar bo‘yicha guruhlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 15 noyabrdagi 01-09/631-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda ayollar tadbirkorligi soni 2,2 martaga oshgan va 2020 yilda jami tadbirkorlik sub’ektlarining 16,1 foizi aynan ayollar tadbirkorligi xissasiga to‘g‘ri kelgan;
korxona boshqaruvi bilan shug‘ullanayotgan ayol tadbirkorlarning moliyaviy va boshqaruv savodxonligi darajasi, ularni qo‘llab-quvvatlash shart-sharoitlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan holda baholash zarurligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 15 noyabrdagi 01-09/631-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijada Andijon viloyatida 2020 yilda ayollar tadbirkorligi tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlik ko‘rsatkichi 10-12 foizga, mahsulot eksport hajmi 8,1 foizga oshgan;
ayollar tadbirkorligini boshqarishni innovatsion rivojlantirishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish markazlarini tashkil etish va “Xududiy innovatsion rivojlanish strategiyasi” to‘rt bosqichda infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi”ni 10-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 15 noyabrdagi 01-09/631-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda tadbirkorlik foaliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan xotin-qizlarning moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan hamda IT sohasida dasturchi ayollarni tayyorlash oyliklari tashkil etilgan.
Andijon viloyatida 2020-2025 yillarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, moliyaviy va boshqaruv savodxonligini oshirish bo‘yicha maqsadli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish omillari ta’siri asosida ayollar tadbirkorligini rivojlanishini prognoz ko‘rsatichlar ssenariyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatichlar O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 15 noyabrdagi 01-09/631-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda 2020-2025 yillarda ushbu sohani rivojlanishidagi mavjud tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda ayollar tadbirkorligi sub’ektlari sonini 1,4 marta, qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish hisobiga 1,5 marta, moliyaviy va boshqaruv savodxonligi darajasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini amalga joriy etish hisobiga 2,1 marta ortishiga erishishm imkoniyati mavjudligi aniqlangan.