Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy hayotga tayyorlikning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Psi50.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Farfieva Kamola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning oilaviy hayotga tayyorlik darajasining ijtimoiy-psixologik shartlarini aniqlash, asoslash va eksperimental tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda oilaviy hayotga tayyorlikni qadriyatli, shaxslararo emotsional va kognitiv xulq-atvor komponentlari etnik ahamiyatga ega bo‘lgan oilaviy hayotga tayyorlik darajasini optimallashtiruvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligi isbotlangan;
talabalarda oilaviy muomala maromlarini o‘zlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, vaziyatni oqilona baholash va qiyinchiliklarga nisbatan sabr-toqatni kamol toptirish orqali ta’sir etish ularda oilaviy hayotga tayyorlikning pozitiv samaradorlikka erishishi asoslangan;
gender farqlaridan qat’iy nazar talabalarning psixologik etuklik ko‘rsatkichlarida yosh dinamikasining o‘sib borishi, hayotiy tajribasining ortishi hamda shaxs idealining mustahkamlanib borilishining ijobiy ta’sir qilmasligi isbotlangan;
talabalarni sog‘lom oilaviy hayotga tayyorlash ijtimoiy-psixologik trening dasturi oilaviy qadriyatlarni shakllanishiga imkon beruvchi sabr-bardoshlilik, moslashuvchanlik va ijtimoiy faollik xususiyatlari oilaviy hayotga tayyorlikni rivojlantirish uchun milliy muhitni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy hayotga tayyorlikning ijtimoiy psixologik xususiyatlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda oilaviy hayotga tayyorlikni qadriyatli, shaxslararo emotsional va kognitiv xulq-atvor komponentlari etnik ahamiyatga ega bo‘lganligi, oilaviy hayotga tayyorlik darajasining optimallashtiruvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ekanligi isbotlanganligi “Umumiy psixologiya (Yosh davrlari va pedagogik psixologiya) ”darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘quv adabiyotning 2020 yil 6 oktyabrdagi nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda oilaviy hayotga tayyorlik shakllanishining faol davri va ijtimoiy psixologik xususiyatlari haqida bilim, tushunchalari ortishiga erishilgan;
talabalarda oilaviy muomala maromlarini o‘zlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, vaziyatni oqilona baholash va qiyinchiliklarga nisbatan sabr-toqatni kamol toptirish orqali ta’sir etish ularda oilaviy hayotga tayyorlikning pozitiv samaradorlikka erishishi asoslanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 8-sonli buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 1 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada oila mustahkam bo‘lishiga, oilaviy hayotga tayyorlikga xizmat qiluvchi samarali usullar bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
gender farqlaridan qat’iy nazar talabalarning psixologik etuklik ko‘rsatkichlarida yosh dinamikasining o‘sib borishi, hayotiy tajribasini ortishi hamda shaxs idealining mustahkamlanib borilishining ijobiy ta’sir qilmasligi isbotlanganligi OT-F1-126 “O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish” fundamental loyiha mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 1 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaga psixologik tayyorlik va uning baholash mezonlarini yoshlarda psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishda, kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
talabalarni sog‘lom oilaviy hayotga tayyorlash ijtimoiy-psixologik trening dasturi oilaviy qadriyatlarni shakllanishiga imkon beruvchi sabr-bardoshlilik, moslashuvchanlik va ijtimoiy faollik xususiyatlari oilaviy hayotga tayyorlikni rivojlantirish uchun milliy muhitni inobatga olgan holda takomillashtirilganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 8-sonli buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 1 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorligini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi samarali ijtimoiy–psixologik trening dastur asosida nazariya hamda amaliyot uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan.