Mamataxunov Yorkin Abduraimjanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish metodlarini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped970.
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Muxayyo Lutfullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini  shakllantirish va rivojlantirish metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika fanidan individual mustaqil ta’lim olishning didaktik imkoniyatlari tayyor namuna asosida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni “ko‘chirib o‘tkazish”, o‘rganilgan ob’ektlarning turli xususiyatlari haqidagi axborotlarni qayta namoyon qilishga doir reproduktiv, induktiv va deduktiv xulosalar chiqaruvchi produktiv faoliyat jarayonlarini farazli-muqobil fikrlashni shakllantirishga yordam beruvchi didaktik talablar bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
fizikadan mustaqil ishlarni o‘tkazishda axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonlari qayta tuzish - variativ, evristik, ijodiy hamda kompyuterli modellar bilan ishlashning ommaviy, guruhiy, individual ish shakllarini bajarish jarayonida o‘quvchilarning individualligini qo‘llab-quvvatlash, virtual laboratoriya orqali tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik moslashuvchan mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv xaritalari asosida darslik bilan ishlash, tajriba o‘tkazish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ob’ektlar bilan ishlash kabi psixofiziologik o‘ziga xosliklarini hisobga olish asosida vizual materiallar bilan ishlashga doir elektron turdagi chizma-tasviriy modellarni assotsiativ tasavvurlarni kengaytirish jarayoniga bosqichma-bosqich qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
fizikadan o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishning didaktik ta’minoti laboratoriya, takrorlash darslari va darsdan tashqari jarayonda samarali qo‘llash imkonini beruvchi kuzatish, rasm asosida bayon yozish, dialog yozish, polilog tuzish, rolli va ishbop o‘yin, juftlik, kichik guruhlarda ishlash, loyiha, munozara, trening kabi interfaol texnologiyalarni virtual ta’lim bilan integrativlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning individual va refleksiv yondashuvlar asosida mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan intellektual o‘yinlar, boshqotirmalardan foydalanish usullari va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi tamoyillariga asoslangan fizika kechalarini tashkil etish va o‘tkazish texnologiyalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan foydalanilgan (Ausbildung und Arbeit Plus GmbH Germaniya ta’limni rivojlantirish markazining 2020 yil 20 iyuldagi 29.28207-son ma’lumotnomasi). Natijada individual va refleksiv yondashuvlar asosida mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan intellektual o‘yinlar, boshqotirmalardan foydalanish usularidan o‘quvchilarning fizika fani bo‘yicha bilimlarini o‘zlashtirish darajasining oshirilishiga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning individual va refleksiv yondashuvlar asosida mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan didiktik o‘yinlar va boshqotirmalardan foydalanish usullari aniqlangan va takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  “Fizikaviy lingvistika”, “Fizik diktant” o‘yinlarining modernizatsiyalangan mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 apreldagi 1/11-02/02-388-son ma’lumotnomasi). Natijada individual va refleksiv yondashuvlar asosida mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar, boshqotirmalardan foydalanish usularidan o‘quvchilarning fizika fani bo‘yicha bilimlarini o‘zlashtirish darajasining oshirilishiga erishilgan;
yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanishi mavzusi uchun “Yarimo‘tkazgichli diodlar” virtual modeli, Butun olam tortishish qonuni mavzusi uchun “Butun olam tortishish qonuni” virtual laboratoriyasi, sinflar bo‘yicha har bir bob yakunida mustaqil ta’limni tashkil etish orqali ilmiy bilishga qiziqtirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishda qo‘shimcha foydalanish uchun “Nobel` mukofoti sohiblari” nomli elektron o‘quv qo‘llanma va  dasturlardan hamda Visual Basic-6.0 dasturida “Yorug‘lik interferensiyasi va difraksiyasi” mavzusini mustaqil o‘rganishning dinamik xususiyatlarini axborot komunikatsion vositalar integratsiyasi va konseptual tavsiyalar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD A-1-26 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish va unga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” (2015-2017 yy.) ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil  19 yanvardagi 89-03-281-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida masofaviy ta’lim olish va mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarining yanada rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish