Mamaev Sherali Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Magistral teplovozlarining g‘ildrak-motor bloki materiallarini qoldiq manbalarini aniqlash va ularni takomillashtirish», 05.08.05 – «Temir yo‘llarining xarakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish» va 05.02.01- «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2021.3. PhD/T1768):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fayzibaev Sherzod Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSs 15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kurbonov Janibek Fayullaevich - texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.; Nabiev El`man Sayadovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magistral teplovozlarning tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari aylanma tebranish xarakati va reduktor tishli g‘ildiraklarida yuzaga keladigan emirilishni modellashtirish natijasida ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki uzellarining ishlash muddatini kamaytiruvchi, g‘ildirak-rel`s orasidagi ilashish koeffisientini kamayishiga olib keluvchi tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari aylanma tebranma xarakatining vujudga kelishiga ta’sir etuvchi tribotexnik omillar aniqlanilgan;
UZTE16M tipidagi teplovozning tortish uzatmalaridagi aylanma tebranish xarakatini matematik modellarini tuzish va tenglamalar tizimiga engergiyani saqlanish qonunini qo‘llash uchun g‘ildirak-motor bloki dinamik modeli yaratilgan;
magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki modeliga asoslanib, tortuv uzatmalari aylanma tebranish xarakatini Lagranj nazariyasiga asoslanib, bir turdagi va xususiy g‘ildirak-motor bloki aylanma tebranishni aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorini tezlik tasniflari, ularga kuch tushirmagan holda tanlash uslubiyotini zanjir uchun Krigxofning qonunlari, Laplas va Jordan-Gauss uslubiyotlari yordamida ishlab chiqilgan;
magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki aylanma tebranma harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi reduktor shestrenya-g‘ildirak materiallarining tashqi muxit ta’siri va ortiqcha kuchlanishlar natijasida emirilish jadalliginini aniqlashning matematik modeli yaratilgan;
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarining uzellarining geometrik o‘lchamlari asosida, g‘ildirak-motor blokida kuchni uzatish jarayonida vujudga keladigan aylanma tebranish xarakatini analitik-raqamli uslubi ishlab chiqildi;
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib qismlari materiallarini qoldiq va mustahkamlik resurslari yaratilgan analitik-raqamli uslub asosida 33% ekanligi aniqlangan;
yaratilgan dinamik model uchun tuzilgan g‘ildirak-motor blogi aylanma tebranishlarning algaritmi va tortuv motorlarining tezlik tasniflari bo‘yicha tanlash uslubiyotlari asosida magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki tortish uzatmalarini modernizatsiya qilish va ularning materiallarini xizmat muddatini uzaytirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Magistral teplovozlarning tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari aylanma tebranish xarakatini modellashtirish asosida:
ishlab chiqilgan tezlik tavsiflarini aniqlashning qurilmasi «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarini tezlik tavsiflarini aniqlashda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 iyundagi №01/2470-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, tortuv elektr elektromotorlarini tezlik tavsiflarini aniqlash va nazorat qilish aniqligini oshirish hisobiga ularni ish bajarish koefisientini 17% oshirish imkonini bergan.
tortuv elektr motorlarni tezlik tavsiflari bo‘yicha, ularga kuch tushirmagan holda tanlash uslubiyotini qo‘llagan xolda UZTE16M teplovozini tortuv elektr motorlari aylanish tezligini tenglashtirilib jixozlash «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 iyundagi №01/2470-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, tortuv elektr elektr motorlarinining tamirsiz ishlash muddatini 33% ga va ish bajarish koefisientini 23% oshirish imkonini bergan.