Irmatova Aziza Baxramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotda ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.DSc/Iqt195.
Ilmiy maslahatchi: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotda ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish hamda bandlikni samarali tashkil qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasi xalqaro reytinglarda ayollar mehnatini ifodalovchi ko‘rsatkich va indikatorlar nomenklaturasi hamda hisoblash metodikasi ilmiy tadqiqot, tadbirkorlik va boshqaruv sohalari xususiyatlari hamda raqamli iqtisodiyot va inson resurslaridan samarali foydalanish sharoitidan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan;
masofali ish joylarini, jumladan ayollar mehnatining innovatsion shakl va turlari bo‘yicha mahallalarda masofaviy ish joylarga bo‘lgan talab va moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabni mutasaddi tashkilotlar investision loyihalariga uyg‘unlashtirish negizida “mahallabay” tizim metodikasi takomillashtirilgan;
ayollar mehnatini tashkil etish strategiyasining xotin-qizlarning inson kapitalini rivojlantirish, ularni intellektual mehnatga keng jalb etish hamda ayollarda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish va masofaviy ish bilan bandlikni rivojlantirish kabi  asosiy yo‘nalishlari asoslab berilgan.
masofali ish bilan bandlikni rivojlantirish orqali mehnat bozorida intellektual mehnatga asoslangan talab va taklifni muvozanatlashish asosida masofaviy xodim bilan tashkiliy-iqtisodiy va iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish asoslangan; 
ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ayollar uchun ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan hamda ayollar mehnatini intellektuallashtirishning optimal variantlari va prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ayollar intellektual mehnatini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish takliflaridan «O‘zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini (ilm-fanga asoslangan bandlik hamda oliy ma’lumotli ayollarning ishlashi) hisoblash tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasining qo‘shma qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 15 martdagi 01/00-03/14-3038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida intellektual mehnat ko‘rsatkichlari borasida Global Innovation Index, Human Capital Index,  Global Innovation Policy Index va boshqa shunday xalqaro reytinglarda, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi ko‘rsatkichlarning yagona xalqaro statistika tizimini uyg‘unlashtirish hamda xalqaro reyting tizimida O‘zbekiston Respublikasining to‘liq ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
masofali ish joylarini, jumladan ayollar mehnatining innovatsion shakl va turlari bo‘yicha mahallalarda masofaviy ish joylarga bo‘lgan talab va moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabni mutasaddi tashkilotlar investision loyihalariga uyg‘unlashtirish negizida “mahallabay” tizim metodikasi takomillashtirish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining «Aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda kasb-hunarga o‘qitish orqali ish bilan bandlik darajasini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlarni samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarorini (9.03.2020 y.) tayyorlashda foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 02-09/874-son ma’lumotnomasi). Takliflarning qo‘llanilishi natijasida ayollar bandligi va «mahallabay» tizim asosida ayollar uchun masofaviy ish joylarini yaratishning takomillashgan metodologiyasi asosida yangi ish o‘rinlarini barpo etishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan;
ayollar mehnatini tashkil etish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari  bo‘yicha asoslayvdan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 192-bandida belgilangan «Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 15 martdagi 01/00-03/14-3038-son ma’lumotnomasi; Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 02-09/874-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi ayollarning inson kapitalini oshirish va ayol ishchi kuchining raqobatbardoshligi oshishiga muyayan darajada xizmat qilgan;
masofali ish bilan bandlikni rivojlantirish orqali mehnat bozorida intellektual mehnatga asoslangan talab va taklifni muvozanatlashish asosida masofaviy xodim bilan tashkiliy-iqtisodiy va iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflardan «Masofaviy xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasi», «Masofaviy xodimni rasmiylashtirish tartib-qoidalari» hamda «Masofaviy xodimning ish joyida texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar» loyihasi bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining «Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi bo‘yrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 15 martdagi 01/00-03/14-3038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi masofaviy ish bilan bandlikni joriy etishda institusional asosi bo‘lmish normativ-huquqiy va metodologik bazani shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ayollar uchun ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi hamda ayollar mehnatini intellektuallashtirishning optimal variantlari va prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (2020 yil 15 maydagi 287-sonli) loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 15 martdagi 01/00-03/14-3038-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida intellektual mehnatni baholashda ayollar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari asosida ayollarning ish bilan bandligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni baholash aniqligini oshirish hamda intellektuallashtirilgan ayollar mehnatining optimal variant va prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishning asoslanganlik darajasining ortishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish