Otamuratov Sarvar Sadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Yangi O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy-innovatsion jarayonlardagi transformatsiyalashuvi: sotsiologik tahlil”: 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/S30
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi DSc.20/30.12.2019.S.23.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Bekmurodov Mansur Bobomurodovich,sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar:
Saidov Akmal Xolmatovich,akademik, yuridik fanlari doktori, professor
Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Qaxxorov Abdulla Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyva amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy-innovatsion faoliyatida kechadigan transformatsion jarayonlarni aniqlash va ularni faollashtirish mexanizmlarini o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari va ilmiy asoslangan xulosalariga tayangan holda ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yoshlar ijtimoiy guruhi” tushunchasi, ularning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomi va funksional faoliyati aniqlangan;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalashtirish jarayonida jamiyatimizda shakllangan yangi ijtimoiy tuzilma (struktura) “model”i ishlab chiqilgan va uning Yangi O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda yoshlarni ijtimoiy-innovatsion faollikka undovchi motivlari asoslangan;
jamiyat ijtimoiy-innovatsion taraqqiyotida “faol” va “passiv” yoshlar tushunchalari, ularning ichki tuzilmalarida kechadigan transformatsion jarayonlarning mazmun va mohiyati ochib berilgan;
yoshlarning ijtimoiy-innovatsion faolligiga pozitiv ta’sir etuvchi omillari aniqlangan hamda ular faolligining fan, texnika va informatsion texnologiyalarni egallash jarayonida namoyon bo‘lish xususiyatlari dalillangan;
yoshlar ijtimoiy-innovatsion faolligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ularning destruktiv kontentini sotsiologik tahlil etish va neytrallashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Yangi O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-innovatsion faoliyatida kechayotgan transformatsion jarayonlarni samaradorligini oshirish mexanizmlarini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
“yoshlar ijtimoiy guruhi” tushunchasi, ularning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomi va funksional faoliyati aniqlash hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalashtirish jarayonida jamiyatimizda shakllangan yangi ijtimoiy tuzilma (struktura) “model”i ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning muassisligidagi tashkilotlar (jumladan, “Yetakchi” yoshlar markazi, Loyihalar boshqaruvi markazi, Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi, 
Yosh huquqshunoslar kengashi) faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 16 avgust 2021 yildagi 04-13/1337-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va intellektual sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabaqalanishning oldini olish hamda yoshlar ongi, dunyoqarashi va tafakkurini modernizatsiyalashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatni modernizatsiyalashtirish jarayonining yangilanayotgan O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlari, ularning yoshlar ijtimoiylashuviga ta’siri va ijtimoiy-innovatsion faollikka undovchi motivlari asoslanganligi hamda jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlar ehtiyojlari bilan ijtimoiy-innovatsion jarayonlar rivojlanishi o‘rtasidagi yuzaga keladigan nomutanosiblikning sodir bo‘lishi sabablari aniqlanganligi va ularni bartaraf etish omillari asoslanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilingunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihasi takomillashtirish bo‘yicha muhokamalarda qonunning 23-moddasi “Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari”, 27-moddasi “Yoshlar ijtimoiy xizmati” moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 10 avgust 2021 yildagi 02/897-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish, yoshlarning yashash joylarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish amaliyotiga tatbiq etilib, ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarga tegishli yordam ko‘rsatishga xizmat qilgan;
“ijtimoiy-innovatsion faoliyat” tushunchasi, uning jamiyatda kechadigan umumijtimoiy-innovatsion jarayonlardagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari va ularning yoshlar faoliyatlarida namoyon bo‘lishi aniqlanganligi hamda jamiyat ijtimoiy-innovatsion taraqqiyotida “faol” va “passiv” yoshlar tushunchalari, ularning ichki tuzilmalarida kechadigan transformatsion jarayonlarning mazmun va mohiyati ochib berilganligiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilargan vazifalarni amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 11 avgust 2021 yildagi 01-01/4690-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb etish, ularni faolligini oshirish hamda fan, ta’lim va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohalariga keng ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
yoshlar ijtimoiy guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari sotsiologik tahlil usullari orqali tavsiflanib yoshlarning ijtimoiy-innovatsion faolligiga pozitiv ta’sir etuvchi omillari aniqlanganligi va ularni faolligining fan, texnika va informatsion texnologiyalarni egallash jarayonida namoyon bo‘lish xususiyatlari dalillanganligiga oid taklif va g‘oyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijasi tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 11 avgustdagi 89-03-2294-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ijtimoiy-innovatsion faolligi, fan, texnika va texnologiya sohalarida yangiliklar, ixtirolar hamda kashfiyotlarni raqobatlashayotgan bozor munosabatlari darajasida amalga oshirish, ularga ehtiyojlar oshib borishi bashoratlari hamda yoshlarni tizimli ravishda innovatsiyaga yo‘naltirishga doir tahlillarning aniqlashtirilishiga xizmat qilgan;
yoshlar ijtimoiy guruhini mazkur sotsiologik guruhga xos manfaatlar va maqsadlar asosida tabaqalanishini yuzaga keltirgan omillarning jamiyatdagi boshqa ijtimoiy guruhlar manfaatlari bilan muvozanatlashtirish imkoniyatlari ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining IV. “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limining 4.5. “Fan va ta’lim tizimini isloh etish, mamlakatimiz aholisining oliy ta’limga qamrovini bosqichma­bosqich 50 foizga chiqarish” sohasida, VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” bo‘limining 6.2. “Yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish” sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 10.08.2021 yil, 03/02-312-son ma’lumotnomasi). Natijalar “Yoshlar qanoti” faoliyatini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni ijtimoiy-innovatsion faollikka undovchi motivlarning ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari, jamiyatni modernizatsiyalashtirishda “faol” va “passiv” yoshlarning ichki tuzilmasida sodir bo‘ladigan transformatsion jarayonlar aniqlashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar ijtimoiy-innovatsion faolligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning destruktiv kontentini sotsiologik tahlil etish va neytrallashtirish bo‘yicha taklif va hamda tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining II yo‘nalishga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish”, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari”ning 17-bandi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 26 avgust 2021 yildagi 02/08-1048-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari salohiyatidan unumli foydalangan holda tizimli targ‘ibotni amalga oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish