Fayziev Jahongir Bahromovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida metall saqlovchi yangi  ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2253.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Maksumova Oytura Sitdiqovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yusupov Muzafar Orifjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida mis va mis-kal`siy tutgan ftalotsianin pigmentlarini sintez qilish va uni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yangi tarkibli mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianinlar sintez qilingan;
sintez qilingan mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianinlarga 90% li sul`fat kislota yordamida ishlov berish yo‘li bilan GOST-6220-76 talablariga mos pigmentlar olingan;
sintez qilingan mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianin pigmentlari qo‘llanilgan mahsulotlarning antikorrozion, statik va dinamik mustahkamlik xossalari aniqlangan;
mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianin pigmentlari qo‘shilgan polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining kimyoviy, fizik-mexanik xossalari ftalotsianin pigmentlariga bog‘liqligi isbotlangan;
ftal angidrid, karbamid, metall tuzlari va katalizatorlar asosida yangi ftalotsianin pigmentlarini olishning iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarkibida mis va mis-kal`siy saqlovchi yangi ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sintez qilingan mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianinlar “BMAX PAINTS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasida pigmentlar olishda amaliyotga joriy qilingan (“BMAX PAINTS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasining 2021 yil 7 iyuldagi 36-son ma’lumotnomasi) Natijada, mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianin pigmentlari asosida PF-115 markali emalning yorqin rangli namunalarini olish imkonini bergan;
mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini olish texnologiyasi “BMAX PAINTS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasida lok-bo‘yoq qoplamalar olishda amaliyotga joriy qilingan (“BMAX PAINTS” MChJ O‘ZBEKISTON-TURKIYa qo‘shma korxonasining 2021 yil 7 iyuldagi 36-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli mis va mis-kal`siy saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish