Kamilov Javlon Adxam ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshiga qarab bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqishining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1236.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shalabaeva Klara Zulxurnaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarning somato- va kefalometrik ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda doimiy tishlash funksiyasini (prikus) hosil bo‘lishining yoshi va jins xususiyatlarini aniqlash va tishlarning rivojlanishini, tana vazni indeksini, boshning miya va yuz kismlari ko‘rsatkichlarini baholash me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ng va chap kvadrantlarning yuqori va pastki jag‘lardagi doimiy tishlar sonining yoshi va jinsi dinamikasi, yarim yillik va yillik o‘sishlar, tishlarni yorib chiqishni sekinlashgan va tezlashgan davrlari aniqlangan;
doimiy tishlash funksiyasini shakllanishini boshlang‘ich va o‘rtacha muddatlari, hosil bo‘lishining yakunlanish muddatlari, doimiy tishlarning yorib chiqish diapazoni va ketma-ketligi, kontralateral` va antimer tishlarning yorib chiqish turlari va simmetrlikligi aniqlangan;
sigmal og‘ish usuli va parametrik bo‘lmagan sentil` usuli bilan bolalarning tish rivojlanishini, tana vazni indeksini, boshning miya va yuz qismlarining o‘lchamlarini baholash uchun me’yoriy qiymatlari ishlab chiqilgan;
tishlarni yorib chiqish yoshi va yorib chiqadigan doimiy tishlar soni bilan asosiy somatometrik va kefalometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liklik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi yoshdagi va gender jihatlarida bo‘yi-vazni va kefalometrik ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda doimiy tishlarning yorib chiqishini majmuaviy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
doimiy tishlarning yorib chiqish soni, muddati (yoshi), diapazoni, ketma-ketligi va simmetrikligini me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Toshkent shahri bolalarning tishlarini rivojlanishini sigmal og‘ishlar usuli va parametrik bo‘lmagan sentil` usuli bo‘yicha yoshini-jinsni me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda tishning etuklik darajasini me’yoriy qiymatlar yordamida  aniqlash imkonini bergan;
boshning aylanasini, bo‘ylama, ko‘ndalang, yonoq va pastki jag‘larni diametrini va miya qismini balandligini, yuzning to‘liq morfologik va fizionomik balandligini me’yoriy qiymatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yoshi-jinsi me’yoriy kiymatlari bo‘yicha bolalarda kefalometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda me’yoriy qiymatlar bo‘yicha bosh va yuzning o‘lchov tavsiflaridagi dastlabki og‘ishlarni aniqlashga hamda ortodontiya va jag‘-yuz jarrohligida maqbul operatsion-texnik usullarni tanlash imkonini bergan; 
tik turgan holatdagi bo‘yini balandligini va tana vaznini me’yoriy qiymatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Standart og‘ishlar uslubi yordamida maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda tana vazni indeksining me’yoriy qiymatlar bo‘yicha rivojlanishidagi dastlabki og‘ishlarni aniqlash va korreksion davo-tashhislash va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish imkonini bergan;
bolalarning stomatologik sog‘lig‘ini majmuaviy baholash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari Toshkent shahridagi 31, 52-sonli oilaviy va 2, 3, 5-sonli bolalar stomatologiya poliklinikalarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 08-09/13711-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning joriy etilishi stomatologik sog‘liqni nazorat qilishni yaxshilashga va tishlarning rivojlanish monitoringini o‘tkazish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish