Voxidov Akmal Ulashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yassi quyosh suv isitgich kollektorlari panellarida kechadigan issiqlik va gidravlik jarayonlar”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T925
Ilmiy rahbar: Avezova Nilufar Rabbanaqulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Fizika-texnika instituti va Qayta tiklanadigan energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Urishev Boboraim Urishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiq suv ta’minoti tizimlaridagi yassi quyosh suv isitgich kollektorlari nur yutuvchi panellarining ichki kanallaridagi issiqlik va gidravlik jarayonlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yassi quyosh suv isitgich kollektorlari nur yutuvchi panellari ichki kanallarida ichki devori yuzasidagi o‘rtacha haroratga ko‘ra konvektiv issiqlik almashinish koeffisientini aniqlash imkonini beruvchi hisobiy ifodalar taklif etilgan va asoslangan hamda mazkur kollektorlarning solishtirma issiqlik ishlab chiqarish miqdorini ularning nur yutuvchi panellari issiqlik uzatish kanali materialining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientiga bog‘liq ravishda 10,6 % ga pasayishi aniqlangan;
yassi quyosh suv isitgich kollektori nur yutuvchi panelining shaffof qoplamasi orqali issiqlik yo‘qotish koeffisientini aniqlash imkonini beruvchi ko‘p parametrli matematik model ishlab chiqilgan va ularning qoraytirilganlik darajasi 0,1 dan 0,25 gacha va 0,80 dan 0,90 gacha oraliqlarda issiqlik yo‘qotish qiymatlarini aniqlash uchun nisbiy xatoligi ± 6% ni tashkil qiluvchi tegishli approksimatsiyalovchi bog‘liqliklar olingan;
yassi quyosh suv isitgich kollektorlarining issiqlik hisobi amaliyoti va sinovida ilk bor yangi parametr – kollektorlarning korpusi frontal yuza birligiga keltirilgan nur yutuvchi paneldan ichki kanallardagi issiqlik tashuvchiga issiqlik berish koeffisienti taklif etilgan va mazkur kollektorlar nur yutuvchi panelining issiqlik uzatish kanallaridagi issiqlik tashuvchining laminar qovushqoq rejimiga bog‘liq holdagi qiymatlari aniqlangan;
yassi quyosh suv isitgich kollektorlari nur yutuvchi panelining issiqlik uzatish kanallarida laminar oqim sharoitida burama tasmalardan foydalanib gidravlik qarshilik koeffisienti qiymati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yassi quyosh suv isitish kollektorlari panellaridagi issiqlik va gidravlik jarayonlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Noan’anaviy energetika. Quyosh energetikasi. Quyosh kollektorlari. Sinov usullari» O’zDSt ISO 9806: 2020 (ISO 9806:2017, MOD) ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zR Energetika vazirligining 2021 yil 22 sentyabrdagi №03-13-5008-ma’lumotnomasi va Standartlar institutining 2021 yil 22 sentyabrdagi № 06/2333-ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tipdagi kollektorlarni tez va yuqori aniqlikda sinash imkonini beruvchi, shuningdek, ularni sertifikatlash uchun laboratoriya shakllanishiga asos yaratilgan;
«Quyoshiy-yoqilg‘ili issiq suv ta’minot tizimi» (FAP 01052) ishlab chiqildi va joriy qilindi (Uzeltexsanoat AJning 202 yil 16 dekabrdagi № 04-1/2356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turar-joy, maishiy-xo‘jalik va ma’muriy inshootlarda sarflanadigan birlamchi yoqilg‘i-energetika manbalarining 60 foizdan ortiqrog‘ini tejash imkoni yaratilgan;
«Quyoshiy-yoqilg‘ili issiq suv ta’minoti tizimi» (FAP 01052), «Yassi quyoshiy kollektorlar nur yutuvchi panellari shaffof qoplamasi orqali atrof-muhitga issiqlik yo‘qotish koeffisienti ularning qoraytirilganlik darajasiga bog‘liqligini hisoblash uchun dastur» (DGU 05627), «Quyosh energetikasi: Atamalar va ta’riflar» O’zDSt 3210:2017 ishlab chiqilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi № 89-03-5137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent davlat texnika universitetida «Noan’anaviy energiya manbalari» (bakalavriat va magistratura) yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari sifat darajasini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish