Djuraev Sobir Mirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xom-ashyolar asosida yong‘inga xavfsiz issiqlik izolyasiyalovchi materiallar”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2019B.
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Abdushukur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, PhD.40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Usmonjon Turgunalievich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘inga xavfsiz issiqlikdan izolyasiyalovchi materiallarni ishlab chiqish va ularni bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini oshirish uchun qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriyli suyuq shisha, dolomit va xlorid kislota hamda qo‘shimcha komponentlar sifatida alyuminiy oksidi, kremnezyom va polimer to‘ldiruvchilar o‘rtasidagi kimyoviy jarayonlarni o‘tkazish asosida g‘ovakdor strukturali issiqlikdan samarali izolyasiya qilish xususiyatiga ega, yuqori haroratlarga chidamli g‘ovakdor strukturali silikat tarkiblar yaratilgan;
yangi tarkibli silikat va termovermikulitlar asosida asosiy yong‘in-texnik tavsifi bo‘yicha yonmaydigan, tutun hosil bo‘lish koeffisienti past qiymatga ega va yuzasi bo‘ylab alanganing tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan plitka ko‘rinishidagi materiallar ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolar asosida issiqlikdan izolyasiyalovchi materiallarni olish bo‘yicha analoglariga nisbatan kam energiya sarflanadigan va ekologik jihatdan toza takomillashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
materialni issiqlikdan izolyasiyalash himoyasi bo‘yicha daraja koeffisienti (ky) taklif qilingan va tadqiq qilinayotgan materialning issiqlikdan izolyasiyalovchi barqarorligini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqish erishish orqali samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy mineral xomashyolar asosida yong‘inga xavfsiz issiqlikdan izolyasiyalovchi materiallar yaratish, qurilish konstruksiyalari va materiallarining olovbardoshligi va issiqlikdan himoyalash darajasini oshirish hamda bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha olingan natijalari asosida:
silikat tarkibli va vermikulit minerali asosida olingan, issiqlikdan izolyasiyalash xususiyatiga ega bo‘lgan yong‘inga xavfsiz plitka ko‘rinishidagi materiallar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufidagi ob’ektlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 06 avgustdagi №09-06/9319-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijasida aniqlandiki, yangi olingan plitka ko‘rinishidagi materiallar yuqori harorat (9000S) ta’siriga bardoshli va ushbu sharoitda 40 daqiqagacha issiqlikdan izolyasiyalash xususiyatini saqlab qoladi. Ushbu yangi materiallar asosiy yong‘in-texnik tavsifi bo‘yicha yonmaydigan materiallar jumlasiga kiradi. Shuningdek, tadqiqotlarda yangi olingan plitka ko‘rinishidagi materiallardan metall va temirbeton konstruksiyalarni yong‘in vaqtida olov ta’siridan himoyalovchi vosita va yonmaydigan issiqlikdan izolyasiyalovchi material, shuningdek yong‘inga qarshi to‘siq sifatida samarali foydalanish mumkin;
mahalliy mineral xomashyolar ya’ni natriyli suyuq shisha, dolomit va vermikulit minerallari, xlorid kislota va polimer qo‘shimchalar asosida olingan yong‘inga xavfsiz plitka ko‘rinishidagi materiallar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda joriy qilingan (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2021 yil 19 avgustdagi 05/15-2100-son ma’lumotnomasi);
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining qo‘llanilishi natijasida qurilish konstruksiyalari va materiallarining termik bardoshliligini 300-4500S dan 1000-12000S gacha oshirishi, ushbu turdagi analog materiallarga nisbatan yuqori (9000S gacha) harorat ta’sirida issiqlikdan izolyasiyalash qobiliyatini saqlab qolish vaqti 10% gacha oshishiga, tashqi atmosfera ta’sirlariga chidamlilik 5-9% gacha hamda mustahkamlik sifatlari analog sifatida qo‘llanilgan materiallarga nisbatan 10-15% ga oshishiga erishilgan.