Ataniyazova Raushan Aminovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davolash-profilaktik muassasalari faoliyati xavfini baholashni sanitar-gigienik monitoringiga uslubiy yondashuvni takomillashtirish (tibbiy tashxislash Markazlari misolida)» 14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib212.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallanishni, mehnatni sanitar-gigienik sharoitlarini, sanitar-texnik jihozlanishni va tibbiy yordam bilan bog‘liq infeksiyalar xavfi omillarini o‘rganishga asoslangan davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini xatarga-mo‘ljallangan monitoring qilishning uslubiy yondashuvlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining maslahat-tashhislash yordami bilan past darajada ta’minlangan hududlar umumiy va birlamchi kasalliklarning yuqori darajasi bilan tavsiflanganligi aniqlangan;
maslahat-tashxislash Markazlari tibbiyot xodimlarining ma’lum kasalliklar sinfi ustunligi, mul`timorbidlik foizi, kasbiy-nisbiy xatar (KNX) qiymatlari va tibbiyot xodimlarining kasbiy kasallanishida sanitar-gigienik ulushini (SGU) mehnat sharoitlari va sanitar-texnik jihozlanishiga bog‘liqligi aniqlangan;
sanitar-gigienik sharoitlar va sanitar-texnik jihozlanish bilan ta’minlash darajasini baholash uchun TTM va MTM ni ekologo-gigienik pasportlashtirishning unifikatsiyalangan uslubi ishlab chiqilgan;
DPM larining ekologo-gigienik pasportlashtirish tibbiy xodimlarning mehnat sharoitlari, qo‘l gigienasi va tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan bog‘liq kasbiy salomatlik xatarini aniqlashga imkon berishi isbotlangan;
mehnat sharoitlari sinflarini va sanitar-texnik jihozlanishni hisobga olgan holda, tibbiyot xodimlarining salomatligiga zarar etkazish ko‘rinishidagi maslahat-tashxislash Markazlari faoliyati xatarlarini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning ehtimoliy gradatsiyasi ishlab chiqilgan;
kasbiy va epidemiologik xatarlarni baholashning ustuvor mezonlarini o‘z ichiga olgan xatarga-mo‘ljallangan sanitar-gigienik monitoringni uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
DPM lar faoliyati xatarini baholashning sanitar-gigienik monitoringiga uslubiy yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davolash-profilaktik muassasalari faoliyati xatarini baholashda tibbiy asbob va buyumlarni sterilizatsiya qilish samaradorligini baholash natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tibbiy asboblar va buyumlarni sterilizatsiya qilish Markazlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va me’yorlari» 0365-19-son Sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik normativlari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Ushbu me’yoriy hujjat tibbiy yordam bilan bog‘liq infeksiyalarning oldini olishni takomillashtirish va tibbiyot xodimlari va bemorlarning xavfsizligini ta’minlash uchun sharoit yaratish imkonini bergan;
biologik chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish bilan bog‘liq infeksiyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taqikot natijalari asosida ishlab chiqilgan 0368-19-son «Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va me’yorlari» Sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik normativlari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Ushbu me’yoriy hujjat jamoat joylarida, shu jumladan DPM larida biologik chiqindilarni yig‘ish, saqlash va tashish uchun sanitariya tizimlarining xavfsizligini ta’minlashga imkon bergan;
DPM larining biologik chiqindilarini yig‘ish, tashish, tozalash va utilizatsiya qilishda sanitar-gigienik talablarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taqikot natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi tibbiy tashxislash Markazlarining biologik chiqindilarini yig‘ish, tashish, tozalash va utilizatsiya qilishning sanitariya tizimlari va texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xavfsiz sanitariya ta’minotini yaxshilash va tibbiy yordam bilan bog‘liq infeksiyalarni profilaktika qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlari va bemorlarning organizmiga zararli ishlab chiqarishni ta’sir qilish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi tibbiy tashhislash markazlarining hajmli-rejalash va qurilish echimlari bo‘yicha ilmiy taqikot natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi tibbiy tashhislash markazlarining hajmli-rejalash va qurilish echimlarining zamonaviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hajmli-planirovkali echimlarga qo‘yilgan talablarni reglamentlashga ruxsat bergan, shuningdek, DPM larini qurishda ishlatiladigan qurilish va qoplama materiallarining mexanik, fizik-kimyoviy va gigienik tavsiflari bo‘yicha ruxsat etilgan talablarni tartibga solishga imkon bergan, bu tibbiyot xodimlari va bemorlarning organizmiga zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi tibbiy tashxislash markazlarini ekologo-gigienik pasportlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha ilmiy taqikot natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi tibbiy tashxislash markazlarini ekologo-gigienik pasportlashtirishni o‘tkazish uslubiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Ushbu hujjat gigienik mehnat sharoitlari, sanitar-texnik jihozlanish va tibbiy yordamning xavfsizligi darajasini miqdoriy va sifatli baholash asosida DPM lar faoliyati xavfini aniqlash imkonini bergan;
DPM lar faoliyati xavfini baholashning sanitar-gigienik monitoringiga uslubiy yondashuvlarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi Xizmatiga va uning Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘limlariga, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining o‘quv-uslubiy jarayoniga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 iyuldagi 08-09/8496-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijalari DPM lar faoliyati xavfini baholash jarayonini takomillashtirish va sanitar-gigienik monitoringni samaradorligini yaxshilash, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish va tibbiy yordam bilan bog‘liq turli infeksiyalarning tarqalishini olidini olish bo‘yicha samarali yo‘nalishlarni baholash imkonini bergan.