Qasimov Arslanbek Ataboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Posttravmatik epilepsiyaning somatik kasalliklar hamrohligi fonidagi diagnostika va klinikasi xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib919.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Mammadbayli Aytan Kamal, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Artikova Mavlyuda Abduraxmanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: hamroh somatik kasalliklar, shu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari negizida posttravmatik epilepsiyasi bo‘lgan bemorlarda, kasallikning diagnostikasi va klinikasining xususiyatlarihamda davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
posttravmatik epilepsiyaning somatik kasalliklar bilan kechishida bemorlarda elektroensefalografiya ko‘rsatkichlari asosida xurujlarning rivojlanishini o‘ziga xos shakillari isbotlangan.
posttravmatik epilepsiyaning somatik kasalliklar bilan kechishida bemorlarda elektroensefalografiya, magnitli rezonans tomografiya va transkranial doplerografiya ko‘rsatkichlari uygunlashtirilgan holda kullanilishi, kasallikni davolash va og‘ir asoratlarini oldini olishda yuqori samara berishi isbotlangan;
posttravmatik epilepsiyaning somatik kasalliklar bilan birgalikda kechishida bemorlardagi kognitiv buzilishlarni neyropsixologik testlar yordamida aniqlash va bartaraf etish, ularning hayot tarzini yaxshilash omillaridan biri ekanligi isbotlangan;
davolashni yanada takomillashtirish uchun posttravmatik epilepsiya somatik kasalliklar fonida kechadigan bemorlarda asab tizimi, psixoemotsional va kognitiv holatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak qon tomir kasalliklari fonida posttravmatik epilepsiyani klinikasi, tashxislashning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy davo usullarini qo‘llash va uning samaradorligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
posttravmatik epilepsiyaning rivojlanish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak qon tomir kasalliklari fonida posttravmatik epilepsiyaning klinikasi va zamonaviy davo chora tadbirlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n-r/414-son ma’lumotnomasi). Natijada yurak qon tomir patologiyasi fonida posttravmatik epilepsiyaning klinik kechishini aniqlash, rivojlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarni erta tashxislashning optimal variantlarini tanlash imkonini bergan;
posttravmatik epilepsiya somatik kasalliklar bilan kechishida bemorlarda asab tizimi, psixoemotsional holatini aniqlash va kognitiv buzilishlarni erta oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Algoritm diagnostiki osobennosti klinicheskogo techeniya posttravmaticheskoy epilepsii na fone soputstvuyushhix serdechno-sosudistix zabolevaniy» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n-r/413-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiy tavsiyalar posttravmatik epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda diagnostik algoritm yaratish, uni qo‘llash, differensial terapiya taktikasi, shuningdek davolash samarasini yaxshilash imkonini bergan.
Tadqiqot davomida kasallikni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qashqadaryo viloyati, Qarshi shaxar “Nur Hayot”, Toshkent shaxar “Med Xaus klinik”, Buxoro shaxar “ Azimed shifo” xususiy klinikalari, Xorazm viloyati Xiva TTBda klinik amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-d/238-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tatbiq etilgan natijalar posttravmatik epilepsiya yo‘ldosh somatik kasalliklar bilan birgalikda kechadigan bemorlarda, kasallikni davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, og‘ir asoratlarni oldini olish hamda davolash xarajatlarini kamaytirish, bemorlar o‘limi sonini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.