Bobaev Isomiddin Davronovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Caryophyllaceae, Lamiaceae oilalariga mansub o‘simliklar ekdisteroidlari va ularning modifikatsiyasi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/K20.

Ilmiy maslahatchi: Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulyamjanovna, kimyo fanlari doktori; Sagdullaev Baxodir Toxirovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Caryophyllaceae, Lamiaceae oilasi o‘simliklaridan individual ekdisteroidlarni ajratib olish, ularni modifikatsiyalab olingan yangi hosilalarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Caryophyllaceae va Lamiaceae oilasi o‘simlik yangi manbalarining 14 ta turidan 34 ta individual ekdisteroidlar ajratib olingan, ularning tuzilishi  UB-, IQ-, 1N-, 13S- YaMR (DEPT, HETCAR-eksperiment) spektrlar, mass-spektrometriya usullarida identifikatsiya qilingan;

Dianthus angrenicus (Caryophyllaceae oilasi), Eremostachys baissunensis (Lamiaceae oilasi)o‘simliklarining er ustki qismidan ekdisteroidlar va iridoidlarni ajratib olish sxemasi ishlab chiqilgan va ularning immunomodullovchi, regeneratsion faolligi aniqlangan;

siasteron, turkesteron, 20-gidroksiekdizon,2-dezoksi-α-ekdizonlar asosida ekdisteroidlarning 43 ta yangi hosilalari sintez qilingan.

20-gidroksiekdizonning 2-, 3-, 20-, 22-holati bo‘yicha gidroksi-guruhlarini atsetil-guruhlar bilan almashinganda turli  darajadagi gipoglikemik ta’sirga ega birikmalar olingan;

20-gidroksiekdizonni 2-, 22-holati bo‘yicha gidroksi-guruhi geksansul`fo-guruhiga almashinganda olingan birikmalarning zamburug‘larga qarshi faolligi in vitro sharoitidagi tajribalarda isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Caryophyllaceae va Lamiaceae oilasi o‘simliklari ekdisteroidlari bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:

quvvatlantiruvchi, aktoprotektorli va adaptogenli faollikka ega «Ekdisilen» substansiyasining olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (21.04.2017 y., № IAP 05395). Natijada mahalliy xomashyodan samarali quvvatlantiruvchi, aktoprotektorli va adaptogenli faollikka ega bo‘lgan dorivor vosita yaratish imkonini bergan;

immunomodullovchi va adaptogen faollikka ega «Flombaissun» substansiyasining olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan
(21.04.2017 y., № IAP 05396). Natijada mahalliy samarali immunomodullovchi va adaptogenli dorivor vosita yaratish imkonini bergan;

Caryophyllaceae oilasiga mansub o‘simliklardan ajratib olingan ekdisteroidlar, ularning modifikatsiyalangan hosilalarining tuzilishi va biologik faolligiga oid ma’lumotlardan 5 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (JIF) yuqori ilmiy jurnallarda fizik-kimyoviy va farmakologik tahlili uchun foydalanilgan (Boletin Latinoamericano y del caribe de Plantas medicinales y Aromaticas, 2012, V. 11, № 6, Research Gate, IF 0.56; Diversity, 2014, V. 6, Research Gate, IF 1.99; Asian Journal of Pharmaceutical and Clinical Research, 2017. V. 10, №4, Research Gate, IF 0.59). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘simliklardan ekdisteroidlarni ajratib olish, modifikatsiyalangan hosilalari tuzilishini isbotlash va farmakologik faolligini taqqoslashda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish