Kuvandikov Shuxrat Obloqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini oshirishning metodologik masalalari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt19.
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.2019.I.18.01
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik - iqtisodiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini ochib berish hamda uni samarali rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy tadbirkorlikning nazariy-institutsional asoslari unga sinergetikaga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tizim sifatida hamda ular faoliyatining samarali amal qilishini rasmiy va norasmiy qoidalari asosida qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish mexanizmlari negizida takomillashtirilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni baholash ko‘rsatkichlari tizimi va dastur doirasida biznes-loyihalarni amalga oshirish mexanizmi aholining ushbu xizmatlarga ketadigan vaqt bilan bog‘liq transaksiya xarajatlarini kamaytirish asosida takomillashtirilgan;
hududlar rivojlanishini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari tizimi  oilaviy tadbirkorlikning hudud iqtisodiyotidagi va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishdagi rolini ifodalovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan; 
hudud va mahallalarni reyting baholash metodikasi “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” indeksi asosida hudud (mahalla)larni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda qo‘llab-quvvatlash yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini mahallabay yondashuvi asosida oshirishga yo‘naltirilgan xududiy rivojlanish mexanizmi o‘z tarkibiga ko‘ra maxsus ishlab chiqilgan maqsadli parametrlarini mujassam etgan holda takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini oshirishning metodologik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilaviy tadbirkorlikning nazariy-institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining 2021 yil 21 maydagi  04/2-02-69-son ma’lumotnomasi; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 03/22-01-10/10-2024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladigan yangi normalar va vakolatlarni belgilash va uning huquqiy asoslarini mustaxkamlashga xizmat qilgan; 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini baholash ko‘rsatkichlari tizimi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish” hamda “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini monitoring qilish” boshqarmalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 03/22-01-10/10-2024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari samaradorligini baholash imkonini bergan;
xizmatlar sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikning rolini baholash mezon va ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” boshqarmasi hamda “Kichik biznes va tadbirkorlikni nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 03/22-01-10/10-2024-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini takomillashtirish imkonini bergan;
hudud (mahalla)larning “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” indeksi asosida reytingini baholash metodikasi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 03/22-01-10/10-2024-son ma’lumotnomasi; Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 02-09/1690-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi hududlari va mahallalarining oilaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi bo‘yicha holatini reyting asosida yorqin aks ettirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini mahallabay yondashuvi asosida oshirishga yo‘naltirilgan xududiy rivojlanish konsepsiyasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining “Bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish” boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 02-09/1690-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning mahallabay yondashuvi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2021-2022 yillarda bandlikka ko‘maklashish sohasida Samarqand viloyati bo‘yicha rejalashtirilgan yangi ish o‘rinlari soni parametrlarini 12,1 %ga ko‘paytirish va ishsizlik darajasini 0,8 %ga qisqarishiga imkon yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish