Boboqulov Sanjar Baxronkulovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 −Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt595.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Jonuzokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc. 03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahharov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik - iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi  iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan kommunal birliklar, kommunal xizmat birligiga yaratilgan qo‘shimcha qiymat, kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonining texnologik darajasi hamda tarmoq rentabelligi ko‘rsatkichlari asosida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tasnifi ishlab chiqilgan;
kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi «Benuks» – raqamlashtirilgan boshqaruv nazoratini o‘rnatish, «aqlli uy», «xavfsiz shahar», «aqlli shirkat» va «universal uy-joy kommunal xizmati»ni tashkil etishning innovatsion shakllarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kommunal xizmat tizimida istiqbolli klaster guruhini tanlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini monitoring qilish va baholash bo‘yicha kuzatuv kengashini tashkil etish asosida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish klasterini shakllantirish taklifi asoslangan;
raqamli iqtisodiyoti sharoitida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligini oshirishga imkon beruvchi 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan kommunal birliklar, kommunal xizmat birligiga yaratilgan qo‘shimcha qiymat, kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonining texnologik darajasi hamda tarmoq rentabelligi ko‘rsatkichlari asosida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son “Uy-joy joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 01/05-802-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalardan foydalanish ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida mehnat faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirgan;
kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi «Benuks» – raqamlashtirilgan boshqaruv nazoratini o‘rnatish, «aqlli uy», «xavfsiz shahar», «aqlli shirkat» va «universal uy-joy kommunal xizmati»ni tashkil etishning innovatsion shakllarini joriy etish asosida takomillashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son “Uy-joy joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan asosiy vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 01/05-802-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish kommunal xizmatlarning sifatini oshishi, aholi farovonligini yuksalishi, xavfsizligini ta’minlashi, shuningdek, nazorat qilishga xizmat qilgan;
kommunal xizmat tizimida istiqbolli klaster guruhini tanlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini monitoring qilish va baholash bo‘yicha kuzatuv kengashini tashkil etish asosida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish klasterini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-son “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining “Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish” yo‘nalishidagi vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 01/05-802-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibidagi korxona va tashkilotlarning joriy va strategik maqsadlariga erishish imkoniyatlarini bergan;
raqamli iqtisodiyoti sharoitida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligini oshirishga imkon beruvchi 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini kelgusi davrdagi dasturlarini ishlab chiqish va rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 01/05-802-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi 2021-2026 yillarda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishda kommunal xizmat ko‘rsatish sub’ektlari soni 40,0%ga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda kommunal xizmat ko‘rsatishning ulushini 70,0% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish