Rashidov Jasur G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Povishenie zvukoizoliruyushhey sposobnosti mnogosloynix legkix ograjdayushhix konstruksiy zdaniy», 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1220
Ilmiy rahbar: Pirmatov Raxmatullo Xamidullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abbos Agzamovich – texnika fanlari doktori, professor; Yuvmitov Anvar Sayfullaevich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p qatlamli engil to‘siq konstruksiyalarning tovush o‘tkazmaslik samaradorligini oshirish va ularning havodagi shovqin izolyasiyasini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
materiallar qatlamlarining qalinligi, mustahkamligi va bikirligi xususiyatlariga qarab o‘rta geometrik uchdan bir qismi oktavali polosadagi chastotalarda (100-3150 Hz), to‘siq konstruksiyadagi qatlamlarining rezonansli tebranishlarining paydo bo‘lishi aniqlangan;
ichki pardadevorlarni loyihalashda talab etiladigan tovush izolyasiyasini ta’minlash, havodagi shovqin izolyasiyasi indeksining meyoriy qiymatlari bilan taqqoslash uchun, naturaviy va laboratoriya tajribalari natijasida 100 dan 3150 Hz gacha bo‘lgan chastotalar diapazonida ko‘p qatlamli engil to‘siq konstruksiya orqali havodagi shovqin izolyasiyasining chastotali tavsiflari aniqlangan;
tovush o‘tishning asosiy yullari va konstruktiv echimning xususiyatlarini hisobga olgan holda, ko‘p qatlamli engil pardadevorlarning havo shovqini izolyasiyasini hisoblashning takomillashtirilgan usuli taklif etilgan;
meyorlanadigan chastota diapazonida to‘siqning tovush o‘tkazmaslik darajasini oshirishga qaratilgan pardadevor karkasining konstruktiv echimini o‘zgartirish va uni tovush yutuvchi material bilan to‘ldirish orqali, ko‘p qatlamli engil to‘siq konstruksiyasini takomillashtirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Binolarni ko‘p qatlamli engil to‘siq konstruksiyalarini tovush izolyasiyasini oshirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘siq konstruksiyalarni havo shovqinidan izolyasiyasini hisoblashni amaliy usuli  «ToshuyjoyLITI» AJ da QMQ 2.01.08-2019 “Shovqindan himoya” me’yoriy hujjatni yangi tahririni “To‘siq konstruksiyalarni tovush izolyasiyasi” bo‘limida va B ilovasini ishlab chiqishda qullanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 13 noyabrdagi 09-06/8859 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hisoblash vaqtining sarfi 25-30% ga  qisqartirishga erishilgan;
ko‘p qatlamli engil to‘siq konstruksiyalarning tovush izolyasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan konstruktiv echimlari “O‘zog‘irsanoatloyixa” AJ institutida binolarni loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining 2020 yil 13 noyabrdagi 09-06/8859 – sonli ma’lumotnomasi), bu qurilishda material sarfini 19% va mehnat xarajatlarini 27% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish