Xudoyberdiev Dilshod Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali nur kasalligida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi va postnatal ontogenezda biostimulyatorta’siridagi o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib1135.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirsharapov O‘tkir Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Volgograd davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tajribada surunkali nur kasallida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlari qiyosiy tavsifi va postnatal ontogenezda  ASD-2f biostimulyatori ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yosh guruhlarida surunkali nur kasalligi bilan zararlangan oq zotsiz kalamushlar oshqozoni devorlarining turli qismlarida  morfologik struktura o‘zgarishlari qiyosiy aniqlangan;
surunkali nur kasalligi oshqozon devori strukturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, nurlangan kalamushlarda oshqozon devori qalinligi va uning qavatlari orasidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
oshqozon devorlari, uning qavatlari o‘zgarishlari, o‘sishi va qon bilan ta’minlanish jarayonlarining chuqur buzilishi bilan izohlanib, oshqozon tomirlari joylashuvi siyraklashishi va ustuvor o‘zgaruvchanligi  isbotlangan;
surunkali nur kasalligida biostimulyatorning parallel ravishda qo‘llanilishi oshqozon devori qavatlarining morfometrik parametrlarida sezilarli katta o‘zgarishlar kuzatilmagan, bu esa oshqozonning himoya kuchini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali nur kasalligi va ASD-2f biostimulyatori ta’siridagi oshqozon devori morfofunksional ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali nur kasalligi fonida biostimulyator ta’sirida oshqozon devori tuzilish o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali radiatsiya kasalligida va biostimulyatorda oshqozon morfometrik parametrlarida o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 8n-r/762-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish vaqtida va ASD-2f biostimulyatori ta’sirida oshqozon devorida kuzatiladigan struktur o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
surunkali nur kasalligida va me’yorda oshqozon devori morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «An’anaviy va surunkali radiatsiya kasalliklarida oshqozonning morfologik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 8n-r/763-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish va o‘z vaqtida davolash algoritmini tuzish imkonini bergan;
surunkali nur kasalligi va ASD-2f biostimulyatori ta’siridagi oshqozon devorining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali, G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasida amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 8n-z/292-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalarining amaliyotga joriy qilinishi kasallikning erta tashxislanishi, uning rivojlanish darajasi, asoratlar kamayishi, bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish