Aliev Navruz Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar patologiyasini tashxislashni va davolashni mukammalashtirish». 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1434.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Sunatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar:; Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori, Maxkamov Moxir Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklarining noartikulyar tavsifdagi disfunksiyalarining diagnostikasi va davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslashda yuz-jag sohasi to‘qimalarida kuzatilishi mumkin bulgan simtomlarni inobatga olgan xolda, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imida noartikulyar xarakterdagi faoliyat buzilishlarini tashxislash va klinik tashxis mezonlar aniqlangan;
stomatolog mutaxasis, nevropatolog, psixiatr, sotsiologlar bilan birgalikda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar xarakterdagi faoliyat buzilishlarida yuz-jag sohadagi neyromushak to‘qimalar salbiy o‘zgarishlariga klinik jixatidan faoliyat buzilishlariga baho berishda etiopatogenik mezonlarga asoslangan tashxislash va davolashning samarali usullari ishlab chiqilgan.
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar xarakterdagi faoliyat buzilishlariga tashxis kuyishda, klinik-tashxis sinamalari, tibbiy- ijtimoiy, tibbiy-ruhiy ma’lumotlaridan foydalanish, shuningdek instrumental va paraklinik uskunalardan birgalikda foydalanish samarali ekanligi hamda bir-birini to‘ldirishi, davolashda ijobiy natija berganligi asoslangan.
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar faoliyat buzilishlarini tashxislash va davolash natijalari dinamikada aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar disfunksiyasi mavjud bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatish uchun olingan ilmiy natijalarga asosida:
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar disfunksiyalari mavjud bemorlarni tashxislashni mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining noartikulyar patalogiyasini tashxislashni mukammallashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 8n-d/181-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomani amaliyotga tadbiq qilish natijasida ChPJB noartikulyar disfunsiya sindromlarini klinik kechishi va tashxisiy belgilarini aniq farqlash imkonini bergan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar disfunksiya patalogiyasida davolash chora tadbirlarni optimizatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chaka-pastki jag‘ bo‘g‘imining og‘riqli sindromida davolashni optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 8n-d/181-son ma’lumotnomasi). Natijada chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar disfunksiyasi sindromlarini samarali davolash imkonini bergan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi noartikulyar disfunksiyasi sindromlarida tashxislashni mukammallashtirish va davolashni optimizatsiyalash va profilaktik jarayonlaridan olingan ilmiy natijalar cog‘liqni caqlash amaliyotiga tadbig‘i, G‘ijduvon, Vobkent, Romitan tuman tibbiyot birlashmalari va Kogon shahar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 08.09/12313-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi davolash samaradorligini oshirish, bemorlarni statsionarda qolish muddatini qisqartirish va asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.