Mirzataev Salamat Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Qishloq xo‘jaligida ekonometrik modellardan axborot texnologiyalari asosida foydalanish yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.14 - Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1622.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Munis Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida ekonometrik modellardan axborot texnologiyalari asosida foydalanish yo‘nalishlarini takomillashtirgan holda resurslardan optimal echimlarni aniqlash, xo‘jaliklar doramadini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat turlari, jumladan, axborot va aloqa, transport, ijara va lizing sohasidagi xizmatlarni qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi parametrlarini ustuvorlik darajasi er, suv, ishchi kuchi va yonilg‘i resurslarining mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi bilan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida yaratilgan mahsulot hajmi orasida musbat, zaif mutanosiblikni mavjud resurslardan optimal foydalanish usullari asosida bartaraf etishning ko‘p omilli ekonometrik modellar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiruvchilar faoliyatini tashkil qilish, daromadni maksimallashtirish masalalarining optimal echimlariga erishishni ta’minlovchi “Farm optimization” modeli ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishning 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida ekonometrik modellardan axborot texnologiyalari asosida foydalanish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat turlari, jumladan, axborot va aloqa, transport, ijara va lizing sohasidagi xizmatlarni qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi parametrlarini ustuvorlik darajasi er, suv, ishchi kuchi va yonilg‘i resurslarining mavjud imkoniyatlarini hisobga olish bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabr 04/04-2508-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish qishloq xo‘jaligiga ta’sir qiluvchi xizmat turlarini aniqlash hamda ularning ta’sirini miqdoriy usullar yordamida baholash imkoniyatini yaratgan;
asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi bilan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida yaratilgan mahsulot hajmi orasida musbat, zaif mutanosiblikni mavjud resurslardan optimal foydalanish usullari asosida bartaraf etishning ko‘p omilli ekonometrik modellari bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabr 04/04-2508-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal joylashtirish masalasini echishni soddalashtirilgan dasturini amaliyotga joriy qilishga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiruvchilar faoliyatini tashkil qilish, daromadni maksimallashtirish masalalarining optimal echimlariga erishishni ta’minlovchi “Farm optimization” modeli yuzasidan berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2021 yil 14 sentyabr 04/04-2508-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish fermer xo‘jaliklari doirasida ekinlarni optimal joylashtirishni ta’minlash asosida foydali ekin turlarini aniqlab, daromadni 1,62 barobargacha oshirish imkonini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishning 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabr 04/04-2508-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish