Utemuratov Rustam Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Investisiya loyihalari samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalari tizimini takomillashtirish”, 08.00.14-Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1347.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Bahodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat univerciteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarov Taxir Safarovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor;  Rajapova Madina Faridunovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:  Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya loyihalari samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalari tizimini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision loyihalar samaradorligini baholashda aqilli “smart” tizimi ishlab chiqilib investisiya samaradorligi holatini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarni baholashning elektron tizimidan foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarning tarkibiy o‘zgarishilari asosida investision loyihalar samaradorligini oshirishning “o‘sish nuqta”lari aniqlanib investisiyalardan samarali foydalanishni optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
investisiya loyihalari samaradorligini diskontlangan daromad, rentabellik indeksi va modifikatsiyalangan ichki rentabellik indeksi ko‘rsatkichlari asosida baholash va maqbul qarorlar qabul qilish usuli takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari samaradorligining  2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Investisiya loyihalari samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalari tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investision loyihalar samaradorligini baholashda aqilli “smart” tizimi ishlab chiqilib investisiya samaradorligi holatini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarni baholashning elektron tizimidan foydalanish mexanizmi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning tarkibidagi tarmoqlar amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi VJ-22/01-2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Respublikadagi investisiya loyihalari iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini 11,3 foizga oshirishga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarning tarkibiy o‘zgarishilari asosida investision loyihalar samaradorligini oshirishning “o‘sish nuqta”lari aniqlanib investisiyalardan samarali foydalanishni optimallashtirish modeli bo‘yicha berilgan takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning tarkibidagi tarmoqlar amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi VJ-22/01-2550-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan amaliyotda foydalanilishi investision loyihalar amalga oshirilishining barqaror rivojlanishini ta’minlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida investision loyihalarning sonini 12,1 foiz oshirish imkonini bergan.
investisiya loyihalari samaradorligini diskontlangan daromad, rentabellik indeksi va modifikatsiyalangan ichki rentabellik indeksi ko‘rsatkichlari asosida baholash va maqbul qarorlar qabul qilish usuli bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning tarkibidagi tarmoqlar amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi VJ-22/01-2550-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot olib borilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi korxonalarida investisiyalar samaradorligi hisobidan yillik daromadlari 20,5 foiz ortishiga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari samaradorligining  2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning tarkibidagi tarmoqlar amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi VJ-22/01-2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan Respublika investision loyihalarini jozibadorligini oshirish va investision loyihalar dasturini takomillashtirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish