Baxronov Jur’at Djurakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali nur kasalligida buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi va postnatal ontogenezda biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1478.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali nur kasalligida buyrakning yoshga bog‘liq morfometrik parametrlarini va postnatal ontogenezda ASD-2f biostimulyatori bilan korreksiya qilishdagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali nur kasalligi ta’sirida burak nefronlarining proksimal va distal egri-bugri kanalchalari diametri va ko‘ndalang kesimining kichrayishi, buyraklar anatomik ko‘rsatkichlarining postnatal ontogenezda orqada qolishi isbotlangan;
surunkali nur kasalligiga chalingan oq zotsiz kalamushlar buyragi hajmini rivojlanishdan orqada qolishi, buyrak elementlarini me’yordan orqada qolishi natijasi bo‘lib, bunda buyrak nefronlaridagi fil`tratsiya jarayonlarini pasayishi isbotlangan;
nurlantirilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi va uning tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga kelishi, buyrak tomir koptokchalari o‘lchamlarining kichrayishi, ular sonining kamayishi isbotlangan;
organizm himoya mexanizmlarining tiklanishi hisobiga 360 kunlik davrda buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Normal sharoitda, nur kasalligi fonida va biostimulyator ta’sirida kalamushlarning buyragining morfologik va funksional xususiyatlari asosida:
surunkali nur kasalligi fonida biostimulyator ta’sirida buyraklar tuzilish o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Buyrakning morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan ( Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-r/313-son ma’lmotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish vaqtida va ASD-2f biostimulyatori ta’sirida buyraklarda kuzatiladigan struktur o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
surunkali nur kasalligida va me’yorda buyraklar morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali nur kasalligida va biostimulyar bilan korreksiya kilganda buyrakning morfometrik parametrlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 apreldagi 8n-r/409-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish va o‘z vaqtida davolash algoritmini tuzish imkonini bergan;
surunkali nurlanish paytida buyrak tuzilishidagi morfofunksional xususiyatlar va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-z/185-son va 2021 yil 27 sentyabrdagi 08-09/13045-son ma’lumotnomalari). Olingan tadqiqot ma’lumotlarini amalga oshirish morfologik parametrlar bo‘yicha organopatologiyani erta tashxislash, davolash va bashorat qilish, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.