Babaev Zabibulla Kamilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi noorganik kelib chiqishli xomashyo resurslaridan foydalanishning o‘ziga xosliklari va ular asosida shisha buyumlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T20.
Ilmiy maslahatchilar: Jumaniyazov Maqsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaqulov Xolto‘ra Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Eminov Ashrap Ma’murovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi noorganik xomashyolariningo‘ziga xosligidan kelib chiqib foydalanishningilmiy-amaliy asoslari hamda ular asosida shisha mahsulotlari olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xo‘jako‘l konining kaolinlashgan va Yangiariq konining dala shpatli kvars qumlarining kimyoviy, mineralogik va donadorlik tarkibi asosida reagentli boyitish jarayoni asoslangan va kaolinlashgan qum asosida ЅiO2 miqdori 97,8 % va Fe2O3 miqdori 0,05 % bo‘lgan shaffof shishalar olish uchun yaroqli VS-050-2 rusumdagi va kvars- dala shpatli qumlari asosida ЅiO2 miqdori 95,6 % va Fe2O3 miqdori 0,10 % bo‘lgan yarim shaffof shishalar olish uchun yaroqli PB-100-2 rusumdagi konsentrat olish mumkinligi aniqlangan;
Tumryuk koni mirabilitli shisha olishga yaroqsiz aralash tuzlarning selektiv qazib olish, boyitish orqali yaroqli bo‘lgan standart talablariga mos keluvchi, tarkibida natriy sul`fat miqdori - 97,90; mineral moddalar- 1,00; galit- 0,50; gips- 0,06; epsomit- 0,03; Fe2O3 - 0,003; k.k.m.-0,5 bo‘lgan 2- navli tovar mahsulot olish mumkinligi isbotlangan;
sanoat chiqindilari bo‘lgan glinozyomli, kobal`tli va qo‘rg‘oshin  chiqindilarini kompleks qayta ishlab, sifatli shishalar olishga yaroqli bo‘lgan mahsulotlar olish imkoniyatlari isbotlangan;
Orolbo‘yi noorganik xomashyo resurslaridan foydalanib shishalar olish uchun R2O-R'O-R''2O3-SiO2 (bunda: R – Na, K; R' – Mg, Ca, Ba; R'' – B, Al) tizimida maqbul tarkiblar asosida shisha idishlar, maishiy xo‘jalik buyumlari hamda shisha emallar olishning takomillashgan texnologiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kaolinlashgan va dala shpatli kvars qumlaridan shisha idishlar va maishiy xo‘jalik shisha buyumlari hamda shisha emallar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xo‘jako‘l koni kvars-kaolinlashgan jinslaridan olingan boyitilgan kvars qumi asosida shisha idishlar ishlab chiqarish texnologiyasi  «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 sentyabrdagi 08-579-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasida mahalliy xomashyolardan unumli foydalanish va shisha mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish imkonini bergan; 
Orolbo‘yi noorganik kelib chiqishli xomashyolar va texnogen chiqindilardan foydalanish va ular asosida shisha buyumlar olish texnologiyasi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/15-2531-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun chetdan keltirilayotgan ayrim  komponentlarni o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanish imkonini bergan; 
Yangiariq koni kvars-dala shpatli qumini boyitib, undan rangli shishalar olish texnologiyasi «Horazm shisha idishlari» MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan («Horazm shisha idishlari» MChJ QK ning 2021 yil 17 avgust 77-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilaridan foydalanib, shisha tan narxini tushirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish