Raximboev Xikmat Jumanazarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy o‘z – o‘zini boshqarish organlarida monitoring va qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritmlar», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2076
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismailov Mirhalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aholi turmush darajasini yaxshilashda mashinali o‘qitish apparatini qo‘llagan holda o‘z-o‘zini boshqarish organlarini monitoringlash va qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimning samarali algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ob’ektning indikativ ko‘rsatkichlari asosida klasterlash algoritmi ishlab chiqilgan va algoritm natijalarini klasterli tahlillash yordamida o‘z-o‘zini boshqarish organlarini monitoringlash amalga oshirilgan;
ob’ekt ko‘rsatkichlarining nisbiy qiymatlari va vazn koeffisientlarini inobatga olgan holda tizimning alohida funksional komponentlari holatini va o‘z-o‘zini boshqarish organlarining to‘la integrallashgan faoliyatini umumlashgan parametrik baholashning algoritmi ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni mashinali o‘qitish apparatini qo‘llagan holda o‘z-o‘zini boshqarish organlarida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash modeli va algoritmlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan model` va algoritmlarning sifat ko‘rsatkichlarini solishtirma taxlili asosida qabul qilingan qarorlarni bashoratlovchi optimal algoritm sintezlangan va u asosida monitoring va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimning dasturiy vositalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘z-o‘zini boshqarish organlarining klasterlash algoritmi asosida monitoringlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqilgan dasturiy vosita Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida va Shovot tuman hokimligida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 33-8/2533-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini tadbiq etilishi o‘z-o‘zini boshqarish organlarini monitoring jarayonini optimallashtirish va monitoring asosida o‘z-o‘zini boshqarish organlari holatini yaxshilash bo‘yicha tezkor qarorlarni shakllantirish imkoniyatini bergan;
indikativ ma’lumotlar va faoliyat sohalarining umumlashtirilgan baholari asosida o‘z-o‘zini boshqarish organlarini monitoringlash va qaror qabul qilish usullari va algoritmlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman «Olimlar» mahallasida va Shovot tuman «Beshmergan» mahallasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 33-8/2533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, monitoringlash va boshqaruv echimlarini shakllantirish jarayonlarining unumdorligini 1,15 marta oshirishga erishilgan.