Shadjalilov Sherzod Inogamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyati samaradorligini oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped.853.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Nurimov Zafar Raxmonberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyatini mashg‘ulot davomida tiklash va oshirishga mo‘ljallangan noan’anaviy mashqlar majmualaridan foydalangan holda o‘yinlararo yuqori ishchanlik darajasini saqlab turish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyatini ta’minlovchi jismoniy va funksional imkoniyatlari bo‘yicha bioenergetik resurslarning zahirasidan kelib chiqib «streching-relaksion» vositalarni qo‘llash hisobiga muayyan muddat davomida yuqori ishchanlikni saqlab turish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali futbolchilarning toliqish omillarini bartaraf etish maqsadida noan’anaviy mashg‘ulotlarda bajariladigan «qayishqoqlik», «gipoksik», «ventilyasion» vositalardan iboratmikromashg‘ulotlarni qo‘llash hisobiga mashg‘ulot va o‘yinlar aro tezkor tiklanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida tayyorgarlik jarayonida yuqori shiddatda bajariladigan mashqlar aro va o‘yin oralig‘ida tiklovchi aerob antistatik vositalarni kiritish hisobiga o‘yin jarayonida harakat faoliyatini boshqarish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali futbolchilarning chempionat davomidagi shiddatli mashg‘ulot va rasmiy o‘yinlarda moslashuv bosqichi tugamasdan shiddatli yuklamalar qo‘llanilishi natijasida charchoq alomatlarini ortishidan kelib chiqib ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyatini ta’minlovchi «streching-relaksion» vositalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Futbol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 1martdagi 110-raqamli buyrug‘i, 110-179 raqamli guvohnoma). Natijada yuqorimalakali futbolchilarningyillik tayyorgarlik bosqichi va musobaqa davrlarida ish qobiliyati 15% ga yaxshilangan;
yuqori malakali futbolchilarning toliqish alomatlari bartaraf etish maqsadida noan’anaviy mashg‘ulotlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Futbol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-raqamli buyrug‘i, 110-179 raqamli guvohnoma). Natijada yuqori malakali futbolchilarning tayyorgarlik sikllarida ish qobiliyatini samaradorligi yaxshilangan; 
yuqori malakali futbolchilarning ish qobiliyatini saqlab qolish uchun qo‘llanilgan antistatik vositalar «Olmaliq» futbol klubi mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 08 iyuldagi 03-07-08-2456-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali futbolchilarning musobaqa davrida ish qobiliyatini samaradorligi hamda keyingi o‘yingacha bo‘lgan darvda funksional imkoniyatlari tiklash 12-14 % yaxshilangan;
yuqori malakali futbolchilarning chempionat davomidagi shiddatli mashg‘ulot va rasmiy o‘yinlarda ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Olmaliq” futbol jamoasi mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 08 iyuldagi 03-07-08-2456-son ma’lumotnomasi). Natijada Olmaliq jamoasi 2018 yil O‘zbekiston kubogi musobaqasida sovrinli birinchi o‘rinni egallab, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqi qo‘lga kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish