Yangieva Nodira Raximovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘r parda qarilik makulyar degeneratsiyasini erta aniqlash va oldini olish modelini tashkil qilishda tizimli yondashuv”, 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib468.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot   instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xuzuridagi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Imshineskaya Tat`yana Alekseevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya); Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda TPQMD tizimini takomillashtirish va erta tashxislashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ilmiy asoslashni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida (viloyatlar kesimida) ilk bor, 2010-2019 yillar davomida, TPQMD bilan kasallanish, uning oqibatidagi nogironlikning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan va TPQMDni erta tashxislash, oldini olishda birlamchi tibbiy yordamni takomillashtirish muhim omil ekanligi isbotlangan;
ilk bor TPQMDni erta tashhislash va yuzaga kelish havfi darajasini shaxsiylashtirilgan aniqlashga va TPQMD bilan kasallangan bemorlar uchun dispanserizatsiyani takomillashtirishga imkon beruvchi elektron dasturlar ishlab chiqilgan;
ilk bor sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini shifokorlari uchun TPQMDni yuzaga kelish havfi guruhlaridagi shaxslarni nazorat tartibi ishlab chiqilgan;
TPQMDning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi samaradorligi lyutein-zeaksantin vitamin-mineral kompleks dori vositalarining qo‘llanilishi bilan ilmiy isbotlangan;
TPQMDda birlamchi tibbiy yordamini ko‘rsatishni takomillashtirishga imkon beruvchi tibbiy-tashkiliy model yaratilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
TPQMDning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasida dori vositalarini qo‘llash usuli bilan takomillashtirish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
TPQMDning dori vositalarini qo‘llash usuli bilan takomillashtirish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qarilik makulyar degeneratsiya profilaktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabridagi 8n-r/553-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma taklif etilgan profilaktika prinsiplariga rioya qilgan holda TPQMDni yuzaga kelish xavfi yuqori bo‘lgan shahslarda kasallikni oldini olishni bartaraf etish va TPQMDni erta bosqichida jadallashishini oldini olishni imkonini bergan;
“TPQMD bilan kasallangan bemorlarning dispanserizatsiya kartasi” elektron dasturining amaliyotga tadbiq etilishi, dispanserizatsiyani takomillashtirilishi natijasida olingan ilmiy natijalar asosida «Unifikatsiyalangan tibbiy hujjatlarni joriy etish yo‘li bilan qarilik makulyar degeneratsiya bilan kasallangan bemorlarni dispanserizatsiyalashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabridagi 8n-r/554-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan elektron dasturni joriy etish TPQMDda dispanserizatsiya sifatini takomillashtirish, TPQMDni og‘ir bosqichlariga o‘tishni, sog‘liqni saqlashning turli bo‘g‘inlari o‘rtasida integratsiyani amalga oshirish imkonini bergan; 
TPQMDning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasida dori vositalarini qo‘llash usuli va dispanserizatsiyani elektron dastur yordamida takomillashtirilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘likni saqlash amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinikasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabridagi 8n-r/239-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiy amaliyotga joriy etilishi TPQMDni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligiga va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish